2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Navbatdagi xalqaro sport musobaqasida ham Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda xodimlari faol ishtirok etmoqda

Bugun, 2026-yil 5-aprel kuni poytaxtimizning markaziy ko‘chalarida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan «International Tashkent Marathon – 2026» xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda xodimlari faol ishtirok etmoqda.

  • 05.04.2026
  • 153
Omad! Aksiyadorlik jamiyati xodimlari 5 km yugurish musobaqasida!

Avval xabar berganimizdek, bugun, 2026-yil 5-aprel kuni poytaxtimizning markaziy ko‘chalarida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan «International Tashkent Marathon–2026» xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda xodimlari faol ishtirok etmoqda.

  • 05.04.2026
  • 121
AXBOROT XIZMATI HISOBOTI: Veb-sayt sahifalarida 55 dan ziyod magistral tarmoqlari ekspluatatsiyasi oid maʼlumotnoma hamda tezkor xabarlar eʼlon qilindi (2026-yilning mart oyi)

Qadrli uzbekistonmet.uz rasmiy veb-saytimiz obunachilari, hurmatli isteʼmolchilar! Axborot xizmati e’tiboringizga navbatdagi hisobotini — 2026-yilning mart oyi davomida magistral tarmoqlari ekspluatatsiyasiga oid eʼlon qilingan maʼlumotnomalar va tezkor xabarlar havolasini taqdim etmoqda.

  • 04.04.2026
  • 217
TOSHKENT SHAHRI: Xodimlar bilan birlamchi yo’riqnomalar o’tkazish jarayoni davom ettirilmoqda

Avval xabar berganimizdek, “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 110/35 kV kuchlanishli energetika obyektlari xodimlari bilan birlamchi yo‘riqnomalar o‘tkazilmoqda. Navbatdagi tadbirfa poytaxtimizning Mirzo Ulugbek va Yashnobod tumanlari mutaxassislari ishtirok etishdi.

  • 03.04.2026
  • 167
JIZZAX VILOYATI: 35/10 kV kuchlanishli "Yulduz" podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi

"Jizzax magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan 35/10 kV kuchlanishli "Yulduz" podstansiyasi elektr qurilmalarida profilaktika ishlari amalga oshirildi.

  • 03.04.2026
  • 177
ANDIJON VILOYATI: 110 kV kuchlanishli “Obod” podstansiyasida qoʼmondonlik-shtab oʼquv mashg‘ulotlari o'tkazildi

«Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarruffidagi 110 kV kuchlanishli “Obod” podstansiyasida elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini bartaraf etish hamda tizimni tezkor qayta tiklashga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

  • 03.04.2026
  • 183
JIZZAX VILOYATI: O’zbekistondagi birinchi raqamli podstansiyada “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Payshanba — 2026-yil 2-aprel kuni “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori G‘ayrat Gaibovich Ahmedov ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tadbiri doirasida 500 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 220/110/10 kV kuchlanishli “Zafarobod” raqamli podstansiyasiga press-tur uyushtirildi.

  • 03.04.2026
  • 144
AXBOROT XIZMATI HISOBOTI: Rasmiy veb-sayt orqali qayd etilgan murojaatlar va ularga berilgan rasmiy munosabat (murojaatchilarga yuborilgan javoblar) 2026-yil 1-chorak

Maʼlumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, u orqali internet foydalanuvchilari, yaʼni isteʼmolchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga ega. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda eʼlon qilib boriladi.

  • 03.04.2026
  • 195
DIQQAT, EʼLON! ISHGA QABUL QILAMIZ

❗️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati quyidagi mutaxassislarni ishga taklif etadi: ⇒ 2026-yil 1-aprel holatiga jami 45 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud:

  • 03.04.2026
  • 531
SAMARQAND VILOYATI: Magistral elektr uzatish tarmoqlarida texnik tadbirlar davom etmoqda

«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 220 kV kuchlanishli L–Ch–S-1 havo elektr uzatish tarmog‘ida 150–160-sonli tayanchlar oralig‘ida texnik ishlar bajarildi.

  • 02.04.2026
  • 172
RASMIY MUNOSABAT: Baliqchilik ko‘li tashkil etmoqchi bo‘lgan fermerga temir-beton tayanch ustunining "muhofaza maydoni" yuzasidan tushuntirish berildi

Facebook.com ijtimoiy tarmog‘ida “TO‘RAQO‘RG‘ONDA YANGI IXTIRO” sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi.

  • 02.04.2026
  • 170
TOSHKENT VILOYATI: Toshkent tumanida joylashgan energetika obyektida mukammal taʼmirlash ishlari bajarildi

“Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 35/6 kV kuchlanishli “Sabzavot” podstansiyasida mukammal taʼmirlash-sozlash ishlari amalga oshirildi.

  • 02.04.2026
  • 163
ANDIJON VILOYATI: Andijonda yosh muhandislar ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 02-aprel kuni "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filialida payshanba — "Yoshlar kuni" doirasida Filial direktori Obidov Baxtiyor Toxirovich yosh mutaxassislarni muammolarini o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillarni o‘rganish hamda sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida yosh muhandis xodimlar bilan, shuningdek, Filial mutaxassislari Andijon davlat texnika instituti “Elektr muhandisligi” kafedrasi 2-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

  • 02.04.2026
  • 120
TOSHKENT SHAHRI: Podstansiyada olib borilayotgan rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari

"Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan 220/110/10/6 kV kuchlanishli “Yuksak” podstansiyasida rejali texnik ishlar olib borildi. 75-sonli ijozat-topshiriqnoma asosida ochiq taqsimlash qurilmasining L-Yu-R V-110 kV 110 kV qurilmasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

  • 02.04.2026
  • 163
NAVOIY VILOYATI: Navoiylik yosh energetiklar uchun sport o‘yinlari musobaqasi tashkil etildi

“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tizimida yoshlar siyosati borasida turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

  • 02.04.2026
  • 167
YASHIL MAKON: Aksiyadorlik jamiyatining "Yashil belbog‘" bog‘ida manzarali daraxt ekish ishlari davom ettirilmoqda

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani “Saksonota” mahala fuqarolari yig‘ini hududidan ajratilgan 5 gektar yer maydonida "Yashil belbog‘" bog‘i yaratmoqda.

  • 01.04.2026
  • 134
ENERGETIKA VAZIRLIGI: Magistral elektr tarmoqlari xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining yuqori kuchlanishli (35-110-220-500 kV) elektr tarmoqlari podstansiyalarining elektr qurilmalariga tezkor xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari uchun maxsus 10 kunlik malaka oshirish kurslari olib borilmoqda.

  • 01.04.2026
  • 151
SIRDARYO VILOYATI: "Nurota" podstansiyasida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi

"Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 110/35/10 kV kuchlanishli “Nurota” podstansiyasida rejali joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Mazkur ishlar doirasida podstansiya uskunalarining texnik holatini yaxshilash hamda ularning ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

  • 01.04.2026
  • 136