2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
YASHIL MAKON: Aksiyadorlik jamiyatining "Yashil belbog‘" bog‘ida manzarali daraxt ekish ishlari davom ettirilmoqda
  • 01.04.2026
  • 9

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani “Saksonota” mahala fuqarolari yig‘ini hududidan ajratilgan  5 gektar yer maydonida "Yashil belbog‘" bog‘i yaratmoqda.

✅  Bugun tongdan ushbu maydonda manzarali daraxt ko‘chatlari ekish va avvalroq ekilgan daraxt ko‘chatlarini sug‘orish ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur maydonning 3 gektar qismiga 2 ming tup mevali daraxt, qolgan 2 gektariga manzarali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Shundan 2500 dona terak ko‘chatlari, 400 tup kashtan, 400 tup oqqayin va 300 tup vito daraxt ko‘chatlarini ekish nazarda tutilgan.

Maʼlumot o‘rnida:  Aksiyadorlik jamiyatining barcha filialarida Prezident qarorida nazarda tutilgan “Men ham ko‘chat ekaman” aksiyasi hamda energetika obyektlarida obodonchilik-ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. 

‖ Facebook ‖ Инстаграм ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati