2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ANDIJON VILOYATI: 110 kV kuchlanishli “Obod” podstansiyasida qoʼmondonlik-shtab oʼquv mashg‘ulotlari o'tkazildi
  • 03.04.2026
  • 25

«Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarruffidagi 110 kV kuchlanishli “Obod” podstansiyasida elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini bartaraf etish hamda tizimni tezkor qayta tiklashga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

✅  Mazkur o‘quv mashqida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari, elektr tarmoqlari mutaxassislari hamda tegishli xizmatlar hamkorligida avariya holatlarida to‘g‘ri harakat qilish, hududni tezkor o‘rab olish va aholining uzluksiz elektr ta’minotini tiklash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.

Mashq davomida zilzila oqibatida shartli ravishda yuzaga kelgan nosozlikni aniqlash, uni bartaraf etish, yong‘in xavfini oldini olish hamda zarur texnik vositalardan samarali foydalanish bo‘yicha aniq va muvofiqlashtirilgan harakatlar amalga oshirildi, baholandi, qo‘shimcha tushuntirishlar berildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali 

http://t.me/AndijonMET_Axborot