2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: Xodimlar bilan birlamchi yo’riqnomalar o’tkazish jarayoni davom ettirilmoqda
  • 03.04.2026
  • 18

Avval xabar berganimizdek, “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 110/35 kV kuchlanishli energetika obyektlari xodimlari bilan birlamchi yo‘riqnomalar o‘tkazilmoqda. Navbatdagi tadbirfa poytaxtimizning Mirzo Ulugbek va Yashnobod tumanlari mutaxassislari ishtirok etishdi.  

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 7-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-939-son “Elektr energetika to‘g‘risida”gi Qonuni,2022-yil 18-oktyabrdagi VM-608-son “Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori hamda VM-609-son “O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari asosida yo‘riqnomalar davomida xodimlarga texnika xavfsizligi, mehnat muhofazasi hamda elektr qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha zarur tushunchalar berilish nazarda tutilgan.

Mazkur tadbirlar ishlab chiqarish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash va favqulodda holatlarning oldini olishga xizmat qiladi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! 

http://t.me/Toshkent_shaharMET_Axborot