O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2025-yil 15-sentabr kunidagi Respublikada «Yong‘indan ogohlik» umummilliy kompaniyasi oyligini o‘tkazish bo‘yicha 327-sonli farmoyishiga asosan «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari bilan birgalikda qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
"Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxasislari tomonidan Qarshi shahrida joylashgan 35/6 kuchlanishli "Janubiy" podstansiyaning yuqori yuklama bilan ishlab turgan, quvvati 10 000 kVA bo‘lgan T-1 kuch transformatorini quvvati 25 000 kVA kuch transformatoriga almashtirilish ishlari davom ettirilmoqda.
«Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxasislari tomonidan mazkur energetika obyektini ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajarildi:
“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 2025–2026-yil kuz-qish mavsumi davomida olib boriladigan ish rejasi va kunlik topshiriqnomalar asosida navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari hamda ta’mirlash-sozlash ishlari 24/7 rejimi asosida bajarilmoqda.
«O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida jonli efirga uzatilgan «Radiomuloqot» dasturida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi U.P.Urunov Aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirgan ishlari xususida berilgan savollarga javob berdi.
Avgust oyida ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 4,1 mlrd so‘m kompensatsiya berildi
Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval “Ittifoq” podstansiyasida bir nechta eskirgan va ish samaradorligi pasaygan (foydalanish muddati tugaganidan so‘ng yillar davomida qayta ta’mirlanib ishlatilgan) uskunalar mavjud edi.
«Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxasislari tomonidan 220/110/10 kV kuchlanishli “Xorazm” podstansiyasidagi AT-1 transformatorida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
“Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan olib borilgan modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari doirasida 220 kV kuchlanishli L-K-I liniyasining qabul portali yangisiga almashtirildi.
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 35/10 kV kuchlanishli “Nanay” podstansiyasida 2025–2026-yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun zarur amaliyotlar, shuningdek, elektr energiyasiga talab yuqori bo‘lgan davrda generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish maqsadida bir qator texnik profilaktika ishlari amalga oshirildi.
«Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali Toshkent guruhi mutaxasislari tomonidan 220 kV kuchlanishli "L-T-KU-2" tarmog‘ida 2025–2026-yil kuz-qish mavsumida elektr taʼminoti barqaror bo‘lishini ta’minlash uchun joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.
35/6 kV kuchlanishli “Sho‘r” podstansiyasida olib borilgan texnik-profilaktik xizmat ko‘rsatish jarayonida T-2 kuch transformatorining tashqi jihozlari ta’mirlanib, sirtki himoya korpusi korroziyaga qarshi bo‘yoqlandi.
«O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «Yangiliklar» dasturida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirgan ishlari sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani haqida axborot berildi.
«Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxasislari tomonidan Karmana tumanida joylashgan 110/35/6 kV kuchlanishli “2-sonli” podstansiyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va iste’mol hajmi yuqori bo‘lgan davrda iste’molchilarni uzluksiz, sifatli elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida 110 kV “Yangiqo‘rg‘on” tarmog‘i qurilmasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Zangiota tumanida joylashgan 220/110/10 kV kuchlanishli «Sergeli» podstansiyasida 200 000 kVA quvvatga ega AT-1 avtotransformatorida joriy ta'mirlash ishlari bajarildi.
Xalq radiosi — «TEMP-FM» radiokanalining FM.88.4 to‘lqinlarida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirgan ishlari sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani haqida axborot berildi.
Qadrli do‘stlar! Siz, azizlarni, hayotini dunyodagi eng ulug‘ va olijanob ishga – navqiron avlod ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlagan muhtaram ustoz va murabbiylar, sohaning barcha jonkuyar xodimlarini umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Sizlarni kasb bayramingiz – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz!
Avval xabar berganimizdek, bugun, 2025-yil 30-sentabr kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining kichik majlislar zalida «2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirgan ishlari sarhisobi» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tasimlovchi tarmoqlarga elektr energiyasi barqaror yetkazib berish hamda 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan 35/10 kVli «Poytug'» podstansiyasida T-1, T-2 transformatorlari hamda ularning ulanmalarida joriy ta‘mirlash va korroziyaga qarshi bo'yoqlash ishlari olib borishdi.