“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 35/10 kV kuchlanishli “Nanay” podstansiyasida 2025–2026-yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun zarur amaliyotlar, shuningdek, elektr energiyasiga talab yuqori bo‘lgan davrda generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish maqsadida bir qator texnik profilaktika ishlari amalga oshirildi.
⚡️ Jumladan, podstansiyaning 10 kV kuchlanishli “Olmazor” va “Zarbdor” qurilmalarida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Mazkur ishlar doirasida:
• Uskunalar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;
• Zarar ko‘rgan qismlar almashtirildi;
• Elektr ulanish nuqtalaridagi bo‘shashgan joylar mahkamlandi;
• Qurilmalar me’yoriy holatga keltirildi.
Ta’mirlash ishlari mutaxassislar tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalariga to‘liq amal qilingan holda bajarildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling