2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: 220 kV kuchlanishli "L-T-KU-2" elektr uzatish tarmog’ida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi
  • 03.10.2025
  • 58

2f29cf1f-67e9-cc03-f3a4-2d554f0c9aaa_lists_16749.jpg

 

«Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali Toshkent guruhi mutaxasislari tomonidan 220 kV kuchlanishli "L-T-KU-2" tarmog‘ida 2025–2026-yil kuz-qish mavsumida elektr taʼminoti barqaror bo‘lishini ta’minlash uchun joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.

Tayanch ustunlarining tarkibiy qismlari ko‘zdan kechirilib, shikastlangan elementlar yangisiga almashtirildi. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoq qaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirildi.

⚡️ Navbatchi brigadalar tasdiqlangan ish rejasi va kunlik topshiriqnomalar asosida navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari hamda ta’mirlash-sozlash ishlarini 24/7 rejimi asosida bajarishmoqda. 

Magistral elektr tarmoqlari va podstansiyalarda modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish montaj ishlari esa loyiha yo’l xaritasiga muvofiq davom ettirilmoqda.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/ToshkentMET_Axborot