2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: 220/110/35/6 kV kuchlanishli “Kattaqo‘rg‘on” podstansiyasida modernizatsiya ishlari amalga oshirildi
  • 03.10.2025
  • 60

6fe148cd-3b73-0c8e-2778-5da983feb6fb_lists_16753.jpg

 

“Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan olib borilgan modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari doirasida 220 kV kuchlanishli L-K-I liniyasining qabul portali yangisiga almashtirildi.

⚡️ Shuningdek, 220 kV kuchlanishli R-L-K-I-L ajratgichi ham zamonaviy talablarga mos yangi uskuna bilan almashtirildi.

Ushbu texnik tadbirlar elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash, yuqori kuchlanishli liniyalar ishonchliligini oshirish hamda taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.

⇒ Ishlar elektr xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun

⇒  t.me/SamarqandMET_Axborot