2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FM.87.9: 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikka bag‘ishlangan matbuot anjumani haqida axborot berildi
  • 03.10.2025
  • 72

«O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «Yangiliklar» dasturida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirgan ishlari sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani haqida axborot berildi.

Radioboshlovchi — jurnalist Jasurjon Dehqonov. Dasturni jurnalist Nilufar Ahmedova tayyorlagan.

⚡️Intervyu — Salim Eshonqulov, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Elektr energiyasi oqimlarini tahlil qilish va hisobotini yuritish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

► Yil boshidan bugungi kunga qadar bir qator loyihalar amalga oshirilishi natijasida, podstansiyalarning quvvati 492 MVA oshirildi.

► 2025-2026-yil kuz-qish mavsumida elektr qurilmalarini barqaror ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, 1566 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlari (rejaga nisbatan 140 foiz), 39 ta transformator (130 foiz), 122 ta  komutatsion apparatlarda (102 foiz) mukammal taʼmir ishlari bajarildi va 12 324 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlari (rejaga nisbatan 103 foiz), 1 472 ta transformator (129 foiz), 2561 ta komutatsion apparatda (106 foiz) joriy taʼmir ishlari bajarildi.

⇒  Qo‘shimcha ma’lumotlar

✍️ MATBUOT ANJUMANI:  «O‘zbekiston MET» AJning 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirgan ishlari sarhisobi

✍️ uza.uz — "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ: Kuz-qish mavsumida elektr energiyasi barqaror yetkazib beriladi

Youtube’da ko‘rish

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati