2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: Podstansiyalarda texnik-profilaktik ishlar amalga oshirildi
  • 03.10.2025
  • 71

096f8cd4-78f5-75f8-aa09-dfad9e01a533_lists_16747.jpg

 

► 35/6 kV kuchlanishli “Sho‘r” podstansiyasida olib borilgan texnik-profilaktik xizmat ko‘rsatish jarayonida T-2 kuch transformatorining tashqi jihozlari ta’mirlanib, sirtki himoya korpusi korroziyaga qarshi bo‘yoqlandi.

► 35/6 kV kuchlanishli “Qurilish” podstansiyasida esa T-2 kuch transformatori ta’mirdan chiqarilib, elektr uskuna va jihozlari yuvib tozalandi.

⚡️ Ushbu texnik tadbirlar elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror elektr ta’minoti yetkazib berishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 2025–2026-yil kuz-qish mavsumi davomida generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan. 

⚡️ Navbatchi brigadalar tasdiqlangan ish rejasi va kunlik topshiriqnomalar asosida navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari hamda ta’mirlash-sozlash ishlarini 24/7 rejimi asosida bajarishmoqda. 

Magistral elektr tarmoqlari va podstansiyalarda modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish montaj ishlari esa loyiha yo’l xaritasiga muvofiq davom ettirilmoqda.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati  

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun

⇒  t.me/SamarqandMET_Axborot