«Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxasislari tomonidan 220/110/10 kV kuchlanishli “Xorazm” podstansiyasidagi AT-1 transformatorida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
⚡️ Ushbu ta’mirlash jarayonida podstansiyada joylashgan boshqa elektr uskunalar ham joriy ta’mirdan o‘tkazilmoqda.
❗️ Ta’mirlash jarayonida elektr ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun AT-1 transformatori yuklamasi AT-3 transformatoriga o‘tkazildi. Natijada ta’mirlash ishlari iste’molchilar elektr ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmadi.
Mazkur texnik tadbirlar taqsimlovchi tarmoqlarga elektr energiyasini uzatish barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI