Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! Muhtaram yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar! Bugun ko‘pmillatli xalqimiz jonajon Vatanimiz mustaqilligining 34 yillik qutlug‘ bayramini qalbda quvonch va shukronalik tuyg‘ulari ila nishonlamoqda.
Bugun, 28-avgust holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 7 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi.
Avval xabar berganimizdek, «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan 35-500 kV kuchlanishli podstansiyalarda navbatdan tashqari ko'rik ishlari bajarilmoqda.
Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansidagi energetika obyektlarida 2025/2026-yil kuz-qish mavsimiga tayyorgarlik — modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj hamda ta’mirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda.
2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 220 /110 /35 /6 kV «Qarshi» podstansiyasining V-L- janubiy-2 35 kV qurilmasida modernizatsiya loyihasi bo'yicha yangi panelga ko‘chirish uchun vaqtinchalik zahira yachekasiga o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.
2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan navbatdagi ta’mirlash ishlari Pop tumanidagi 110/10 kV kuchlanishli “Uzumzor” podstansiyasida davom ettirildi.
Avval xabar berganimizdek, kecha, 2025-yilning 27-avgust kuni soat 14:35 da “Keles” podstansiyasidagi 10 kV kuchlanishli 1- va 2-seksiya shinalari tizimida “yerlanish” (zemlya) paydo bo‘lib, Xusunkor-2-10 kV va Mehnat-2 MTZ fiderlari avtomatik himoya tizimidan o‘chgan, nosozlik joyini aniqlash uchun dispetcherlik markazi buyrug‘i bilan qolgan 10 ta fider ham o‘chirilgan edi.
«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonida 35/6 kV kuchlanishli “Registon” podstansiyasida transformatorning (T-2) yuqori kuchlanish tarafidagi VТ-2-6 va VТ-2-35 hamda taqsimlovchi TС-2-6 qurilmalarida joriy taʼmirlash va releli shimoya tizimini tekshirish ishlari olib borildi.
Bo'ka tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli "Bo‘ka-1" podstansiyasida yopiq taqsimlovchi qurilmasida 10 kV yachekasidagi elektr qurilmasida (1569-sonli topshiriqnoma asosida) asosida ishlari olib borildi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385,7 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazildi.
Joriy yilning 27-avgust kuni soat 14:35 da “Keles” podstansiyasidagi 10 kV kuchlanishli 1- va 2-seksiya shinalari tizimida “yerlanish” (zemlya) paydo bo‘lgan. Shu vaqtda fider Xusunkor-2-10 kV va fider Mehnat-2 MTZ avtomatik himoya tizimidan o‘chgan. Dispetcher buyrug‘i bilan qolgan 10 ta fider ham o‘chirilgan.
Avval xabar berganizdek, "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan Asaka tumani "Birdamlik" MFY da joylashgan 110/35/6 kV kuchlanishli “Asaka” podstansiyasidagi 2 ta 15 MVA quvvatli transformator o‘rniga 2 ta 40 MVA quvvatli transformatorlar oʻrnatilib, montaj ishlari tugatildi. Hozirda boshqaruv xonalari hamda yopiq taqsimlash qurilmalarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yoqilg‘i-energiya resurslaridan behuda foydalanish bilan bog‘liq holatlarni aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
2025–2026-yil kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlash, elektr uskuna va qurilmalar ishonchliligini oshirish maqsadida “Surxondaryo MET” filiali tomonidan 110/10 kV kuchlanishli «Tuzkon» podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ "Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 35/10 kV kuchlanishli "Porlitau" podstansiyasidagi kuch transformatorida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, mutaxassislar kuch transformatorini tozalash va elektr qurilmalarini sozlash amaliyotlarini bajarishdi.
2025-yil 28-avgust kuni 110/10 kV kuchlanishli "Yangiobod" podstansiyasida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Isteʼmolchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish hamda 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan Andijon shahar, Janubiy Paxtakor ko‘chasida joylashgan 110/35/6 kV kuchlanishli “Yayilma” podstansiyasida modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.
⚡️ "Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi muhim obyektlardan biri bo‘lgan 220/110/10 kV kuchlanishli “Feruz” podstansiyasi 10 kV kuchlanishli "Mamanov" fiderining tok transformatori A fazasida aniqlangan qizish — nosozlik aniqlanib, to‘liq bartaraf etildi.
«Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali Toshkent uchaskasi mutaxasislari tomonidan 500 kV kuchlanishli L-523 havo tarmog‘ida tayanch ustunlarini tortib turuvchi trosslarni mustahkamlash ishlari olib borildi.
Elektr energiyasini uzluksiz va barqaror tarzda iste’molchilarga yetkazib berish, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari samaradorligini oshirish hamda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” (https://t.me/FargonaMET_Axborot) filiali Elektr uzatish liniyalar xizmati xodimlari tomonidan 110/35/10kV kuchlanishli "Dasht" podstansiyasidan chiquvchi...