Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev maʼlum qildi.
Obidjonov Jahongir Obidjonovich — “O‘zenergosotish” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Karabayev Shohruh Esаnaliyevich — “O‘zenergosotish” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Bugungi kunda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan energiya samaradorligini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan ruxsat etilgan quvvati 50 kW va undan ortiqni tashkil etgan barcha iste’molchilar reaktiv quvvatni kompensatsiya qilishga majburdirlar.
Muhtaram vatandoshlar! Siz, azizlarni, butun xalqimizni tinchlik, mehr-oqibat va hamjihatlik fazilatlaridan tobora obod va munavvar bo‘layotgan yurtimizga kirib kelgan Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Aziz yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar! Bu qutlug‘ ayyomda hammamiz, avvalo, shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Alloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz.
"Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan Farg‘ona vodiysini taʼminlovchi, aniqrog‘i, 500 kV kuchlanishli “Lochin” podstansiyasini 500 kV kuchlanishli “O‘zbekiston” podstansiyasi bilan bog‘lovchi L-525 elektr uzatish havo tarmog‘ida mukammal taʼmirlash ishlarini olib borishdi.
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF–199-son farmoniga muvofiq, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining tegishli buyrug‘iga asosan, Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani, “Do‘stlik” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida 5 gektar yer maydoniga 20 ming dona terak ko‘chati o‘tqazish va ko‘chatlarni agrotexnik parvarishlash orqali «Yashil belbog‘» bog‘i tashkil etilmoqda.
Hurmatli Forum ishtirokchilari! Xonimlar va janoblar! Аvvalambor, “Ekologik tahdidlar: oʼzgarayotgan dunyoda inson huquqlarining istiqboli va barqaror yechimlarni izlash” mavzusidagi inson huquqlari boʼyicha toʼrtinchi anʼanaviy Samarqand forumining barcha ishtirokchilari va mehmonlarini samimiy qutlayman.
Hurmatli fuqarolar! Agar siz, yoqilg‘i-energetika sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, Energetika vazirligining quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz:
Mavzu: Energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, tarmoq va hududlarda energiya samaradorligini oshirish, shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-iyun kuni energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bosh prokuratura tomonidan joriy yilning 7 - 8-iyun kunlari Yoqilg‘i-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yo‘nalishida 2024-yilning 5 oyida amalga oshirilgan faoliyat natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.
Qarorga ko'ra, O'zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o'tish choralarini muvofiqlashtirish bo'yicha idoralararo kengashga issiqxona gazlarining xatlovi bo'yicha quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklandi:
Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida tasarrufidagi idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari hamda idoraviy qorovul tarkibi xodimlari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.
⚡️ Avval xabar berganimizdek, XXVII Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasidagi tadbirlarda MDH davlatlari Elektroenergiya Kengashining 64-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi hamda Aksiyadorlik jamiyatidan mutaxassislar ishtirok etishmoqda.
Sankt-Peterburg Xalqaro Iqtisodiy Forumi (SPXIF) iqtisod olamidagi nufuzli tadbir bo‘lib, u 1997-yildan beri o‘tkazilib kelinmoqda. O‘ziga xos muloqot maydoniga aylanib, iqtisodiy muammolarni muhokama qilish uchun dunyodagi yetakchi platformaga aylangan Forum ishi kecha boshlandi va u 4 kun davom etadi.
Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida tasarrufidagi idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari hamda idoraviy qorovul tarkibi xodimlari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.
⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ishchi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi elektr energetika tarmog‘ida faoliyat olib boruvchi korxona va tashkilotlar faoliyati, ularning innovatsion ishlanmalari bilan tanishmoqdalar.