Yangiliklar
PREZIDENT QARORLARI IJROSI: uzbekistonmet.uz — Jamiyatning ochiqligi va shaffofligini ta'minlash mexanizmlari yanada takomillashtirilmoqda
  • 11.03.2021
  • 643

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevral kuni imzolangan PF–6155-son farmoni bilan tasdiqlangan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan ijro uchun qabul qilingan va Jamiyatning 2021-yil chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqilgan. E'tiboringizga Farmon ilovasining 13-bandi bo‘yicha (Davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta'minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish) amalga oshirilgan ishlar haqida qisqacha ma'lumotnoma taqdim etamiz:

1. Jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, UTube) orqali Jamiyat faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlashga qaratilgan tahliliy maqolalar, rasmiy bayonotlar, o‘tkazilgan matbuot anjumanlari va brifinglarda so‘ralgan savollarga javoblar, Jamiyat rahbarlarining intervyulari, xizmat safari va xorijiy hamkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv tafsilotlari, shuningdek, xaridlar hamda tenderlar haqidagi e'lonlar, asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, bo‘sh ish o‘rinlari, moliya va buxgalteriya hamda Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlariga oid ma'lumotlar hisobot jadvallari shaklidagi ilovalar orqali keng jamoatchilik e'tiboriga havola etilmoqda.

«Yangiliklar» rukni: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/2

«OAV va jamoatchilik bilan ishlash» rukni: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/19

«Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda» rukni: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/69 

«Asosiy ishlab chiqarish» rukni: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/69 

«Tenderlar» rukni: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/14

«E'lonlar» rukni: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/17

«Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/25

«Xalq qabulxonasi» rukni: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/27

«Yoshlar siyosati» rukni: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/24

«Kasaba uyushmasi» rukni: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/49

«Qiziqarli xabarlar» rukni: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/3

«Aksiyadorlar uchun» ruknining bir nechta sahifalari: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/308 

2. «O‘zbekiston MET» AJning YAGONA TELEFON raqami 71/236-68-08 (matbuot kotibi), bundan tashqari, ISHONCH RAQAMI, ya'ni fuqarolar murojaati uchun maxsus telefon raqami +998 71-208-56-46 hamda Devonxona (kanselyariya) 71/236-6854 raqamlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, «Xalq qabulxonasi» ruknida Jamiyat boshqaruvi raisi va o‘rinbosarlarining qabul kunlari, qabul qaydnomasiga yozilish uchun Jamiyat boshqaruv raisi yordamchisining telefon raqamlari +998 (71) 236-68-05 e'lon qilingan.

Rahbariyat: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/guide

Biz bilan bog‘lanish: http://uzbekistonmet.uz/uz/pages/view/contact_us

Xalq qabulxonasi: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/27

  3. Jamiyatning veb-saytida «MUROJAATLAR» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda internet foydalanuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda e'lon qilib borilmoqda.

«Murojaatlar» ruknining bir nechta sahifalari:

«Kelib tushgan murojatlar» nimrukni: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/23

«Statistika» nimrukni: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/57

va murojaat yuborish jadvali: http://uzbekistonmet.uz/uz/appeal/index.

4. Shuningdek, Jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-saytiga:

8 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/30;

24 ta Prezident Qarorlari http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/31;

16 ta Prezident Farmonlari http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/32;

14 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/33;

7 ta Normativ hujjatlar  http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/34

2 ta Xalqaro hujjatlar http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/18 

joylashtirilgan.

Shu bilan birga, muhokamadagi qaror loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalar berilgan bo‘lib, veb-saytning «Yangiliklar» ruknidagi maqola, e'lon va ma'lumotnomalarda huquqiy axborot (qonunchilikdagi yangiliklar) berib boriladi.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Monitoring markazi tomonidan taqdim etilgan materiallar tahlili, mediamakondagi negativ ma'lumotlarga tegishli tartibda munosabat bildirish amaliyoti muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

Axborot xizmati tomonidan hayotimizdagi muammo va hodisalarga tezkor munosabat bildirilmoqda: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/669

Jamiyatda xalqaro shartnoma-kelishuvlardan tashqari barcha hujjatlar davlat tilida yuritilishiga erishilmoqda: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/675

Mahalliy OAV biz haqimizda yoxud mamlakatimizdagi yetakchi elektron nashrlar «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati ma'lumotlariga tayanib xabar beradi...: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/676

Xorijiy ommaviy axborot vositalari «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati ma'lumotlariga tayanib xabar beradi: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/681

«O‘zbekiston MET» AJ faoliyatiga taalluqli masalalar radio, televideniye hamda uzbekistonmet.uz veb-saytining utube.uz sahifalarida: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/702

  Shuningdek, Jamiyat veb-saytida elektr ta'minotidagi nosozliklar, ta'minotdagi uzilishlar, iste'molchilarning to‘lov majburiyatlari, to‘lov madaniyati yuzasidan targ‘ibot ishlarida elektr energiyasi iste'molchilari bilan bevosita ishlaydigan turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ faoliyatiga (het.uz) Axborot hamkori sifatida ko‘mak berilmoqda.

  O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining muhim xabarlari ham (minenergy.uz) tegishli tartibda «O‘zbekiston MET» AJning ijtimoiy tarmoq sahifalarida jamoatchilik e'tiboriga qayta e'lon qilinmoqda.

  Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga rioya etish, Prezident qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, shuningdek, Energetika vazirligi buyruq hamda ko‘rsatmalariga amal qilgan holda Jamiyat faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ta'minlanmoqda.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>