⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish, kengaytirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, ob’ektlarni moliyalashtirish dasturlari amalga oshirilmoqda.
2023-yil 29-dekabr holatiga yil davomida ishga qabul qilingan (rotatsiya qilingan) rahbar kadrlar haqida maʼlumot*
“Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta'sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–5-son, 04.01.2024-y.) qabul qilindi
⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan 2023-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot
Bugun, 2024-yil 5-yanvar kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ majlislar zalida Xitoyning «China electric power planning and Engineering Institute» (EPPEI) muhandislik instituti tomonidan O‘zbekiston elektr energetika tizimini 2026-yilgacha hamda 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi yuzasidan takliflarni o‘ziga jamlagan taqdimotning dastlabki texnik muhokamasi bo’lib o‘tdi. Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ hamda Energetika vazirligi huzuridagi «Milliy dispetcherlik markazi» DUK mutaxassislari ishtirok etishdi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev ma'lum qildi.
Maʼlumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, u orqali internet foydalanuvchilari, yaʼni isteʼmolchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga ega. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda eʼlon qilib boriladi.
Qadrli uzbekistonmet.uz rasmiy veb-saytimiz obunachilari, hurmatli isteʼmolchilar. Axborot xizmati «YIL SARHISOBI» rukni ostida hisobotlarni eʼlon qilishni boshlaydi. Bu orqali biz mamlakatimizda olib borilayotgan ochiqlik va shaffoflik siyosatiga muvofiq ravishda Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga nazar solamiz. Bir so‘z bilan aytganda, 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni qayd etish barobarida o‘ziga xos sarhisob tahlilini yuritamiz.
2024-yilning 2-yanvar kuni soat 11:20da «O‘zbekiston» radiokanalining FM.103.1 to‘lqinlarida energetika tizimida olib borilayotgan islohotlar samarasi, 2023-yil sarhisobi va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid lohihalar jonli muloqot orqali muhokama etildi.
Aziz vatandoshlar! Jonajon diyorimizga yangi – 2024-yil kirib kelmoqda. Mana shu shukuhli damlarda duogo‘y otaxon va onaxonlarimizni, mehribon opa-singillarimizni, barcha soha va tarmoqlar vakillarini, azmu shijoatli yoshlarimizni, chet ellardagi qadrli vatandoshlarimizni – ko‘pmillatli butun xalqimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
"Farg'ona magistral eletr tarmoqlari" filialida bugun, 2023-yil 30-dekabr kuni Filial xodimlari farzandlari uchun "Yangi yil" bayrami o'tkazildi.
Sizni va siz orqali oila a'zolaringizni yaqinlashib kelayotgan yangi — 2024-yil bilan muborakbod etaman!
Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida 2023-yilda bajarilgan ishlar sarhisobi hamda 2024-yilga mo‘ljallangan istiqbolli rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan turli yig‘ilish va tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ishchi tartibdagi bunday yig‘ilishlarda mehnat faoliyatida katta yutuq va natijalarga erishgan ishchi-xodimlarimiz rag‘batlantirilib, Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda ko‘psonli jamoaning e'tirofiga sazovor bo‘lishmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani hokimiyatining rasmiy murojaatiga asosan, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati, «Issiqlikelektrloyiha» aksiyadorlik jamiyati homiyligida Yangi yil bayrami arafasida Xayriya aksiyasi o‘tkazildi.
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufida 84 ta 110, 220 va 500 kV kuchlanishli podstansiyalar, shuningdek, 11698 km dan ziyod magistral elektr tarmoqlari mavjud. Jumladan, 500 kV kuchlanishli tarmoqlar 2390,1 km, 220 kV — 8340,6 km, 110 kV kuchlanishli tarmoqlar 1133,86 kilometrdan ziyod. Podstansiyalarning toʻla oʻtkazuvchanlik quvvati 27983,3 megavolt•amperga teng. Tizimda 4 ming nafarga yaqin ishchi-xodim xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida umumiy quvvati 2000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi va quvvati 1150 MVt•soat bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimlarini qurish loyihalarini amalga oshirish bitimi imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni mamlakatimizning oltita hududida 5 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish va tarmoqqa ulashga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.
Hurmatli tantanali marosim ishtirokchilari! Hurmatli xonimlar va janoblar! Avvalambor, siz, azizlarni shunday qutlug‘ kunlarda, Yangi yil arafasida Yangi O‘zbekiston hayotidagi ulkan tarixiy voqea – “yashil” energetika sohasidagi yirik qo‘shma loyihalarni ishga tushirishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ko‘rib turganimdan benihoya baxtiyorman.