
14 ta tumanda 5 ming 695 ta transformator, 6,9 ming kilometr elektr tarmog‘i, 242 kilometr gaz tarmog‘i hamda 404 ta gaz taqsimlash qurilmasi ta’mirtalab ekani aniqlandi. Ularning texnik holatini yaxshilash va “yashil” toifaga o‘tkazish ishlari boshlandi.
Hozirga qadar 441 ta transformator, 1 ming 134 kilometr elektr va 88 kilometr gaz tarmog‘i, shuningdek, 92 ta gaz taqsimlash qurilmasi ta’mirlandi.
Shuningdek, avvalgi yillarda investitsiya dasturlari doirasida boshlangan, biroq yakuniga yetkazilmagan ayrim obyektlar ham foydalanishga topshirildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, kelgusi besh yilda mazkur tumanlarda energiya resurslariga talab 49 foizga oshishi kutilmoqda. Shu bois, istiqbolda ishga tushiriladigan loyihalarni hisobga olgan holda aholi va tadbirkorlarni energiya resurslari bilan ishonchli ta’minlashga qaratilgan besh yillik dastur ishlab chiqildi.
Dastur doirasida 721 ta mahallada 2 ming 261 ta transformator va 7 ming 449 kilometr elektr tarmog‘i, 200 ta mahallada esa 313 ta gaz taqsimlash qurilmasi va 327 kilometr gaz tarmog‘ini yangilash belgilangan.
Natijada hududlarda qo‘shimcha 1 ming 300 megavatt o‘tkazuvchanlik quvvati yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Telegram https://t.me/minenergy_uz