

Chilonzor tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli “Suvsoz” podstansiyasida elektr qurilmalarining texnik holatini yaxshilash va elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 20-sonli ijozat-topshiriqnoma asosida 35 kV kuchlanishli B-T-1 yacheykasida kapital ta’mirlash ishlari bajarildi.
Ta’mirlash jarayonida elektr qurilmalarining texnik holati batafsil ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda uskunalarning kelgusidagi barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirildi.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
AXBOROT XIZMATI https://t.me/Toshkent_shaharMET_Axborot