

“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi, Termiz tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “At-Termiziy” podstansiyasida muhim texnik ishlar amalga oshirildi. Jumladan, iste’molchilarni uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida elektr ta’minotining muqobil tarmog‘iga ulash ishlari tashkil etildi.
Mazkur chora-tadbirlar iste’molchilarga elektr energiyasini ishonchli yetkazib berish, tarmoq barqarorligini oshirish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishga xizmat qiladi.
"Surxondaryo MET" filiali AXBOROT XIZMATI