

“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 500 kV kuchlanishli L-525 elektr uzatish havo tarmog‘ida tayanch ustunlari ostini qum-tuproq qoplamalaridan tozalash, tortqilarni tortish, tarangligini tekshirish hamda korroziyaga qarshi bo‘yash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, 500 kV kuchlanishliLL-524 elektr uzatish havo tarmog‘ining 356–357-tayanchlari oralig‘ida qum uyumlari to‘planishi natijasida elektr simi bilan yer orasidagi masofa qisqarayotgan hududda aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatildi. Mahalla fuqarolari yig‘ini raisi tomonidan aholiga xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Holat mutaxassislar tomonidan maxsus texnika yordamida bertaraf etiladi.
❗️ Mazkur hududda istiqomat qiluvchi fuqarolardan quyidagi xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish so‘raladi:
♦ Elektr uzatish havo tarmog‘i tayanchlari va simlariga yaqinlashmaslik;
♦ Ogohlantiruvchi belgilar va xavfsizlik talablarini e’tiborsiz qoldirmaslik;
♦ Qum uyumlarini elektr uzatish tarmog‘i ostida to‘plamaslik;
♦ Bolalarni mazkur hududda nazoratsiz qoldirmaslik;
♦ Elektr simlari ostida qurilish, texnika yoki boshqa ishlarni amalga oshirmaslik;
♦ Hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlarda darhol tegishli mutaxassislarga xabar berish.
⚡️Elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilish — o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini asrashning eng muhim shartidir!
«FARG‘ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI