"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi o'z tasarrufiga 22 ta boshlang'ich kasaba uyushma tashkilotlarini birlashtirgan bo'lib, jami 4687 nafar kasaba uyushma a'zolari, shu jumladan 993 nafar ayollar va 792 nafar yoshlardan iborat jamoaning mehnat, dam olish va boshqa huquqlarini himoya qilishga bel bog'lagan.
Jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-saytida "Kasaba uyushmasi" nomli nimrukn tashkil etilgan bo'lib, unda axborot xizmati tomonidan jamoat tashkilotining faoliyatiga doir xabar va yangiliklar keng jamoatchilik e'tiboriga taqdim etib boriladi:
Ўзб.: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/49
O‘zb.: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/49
Рус.: http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/category/49
Eng.: http://uzbekistonmet.uz/en/lists/category/49
"O'zbekiston MET" AJ Birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, "Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to'g'risida"gi, "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to'g'risida"gi, "Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida"gi va nodavlat-notijorat tashkilotlar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunlar, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda tarmoq kasaba uyushmalari ustavlariga muvofiq olib boradi.
Quyidagi maqsadlarga erishish Birlashgan kasaba uyushmalari qo'mitasining asosiy vazifasi hisoblanadi:
· millati, jinsi, yoshi va diniy e'tiqodidan qat'i nazar boshlang'ich tashkilot har bir a'zosining mehnat qilish, ishni, kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoiti yaratib berilishi va ishsizlikdan himoya qilinishga doir konstitusiyaviy huquqlari himoya qilinishiga;
· korxona, idora, tashkilot va muassasada ish bilan ta'minlanganlikning eng yuqori darajada bo'lishiga, daromadlar oshirilishi va mulkiy tabaqalanish darajasi kamaytirilishiga;
· mehnatga haq to'lash va mehnat rejimining ijtimoiy adolatli tizimi joriy etilishiga;
· jamoa shartnomalari tuzilishi va ularning bajarilishi ustidan nazoratning amalga oshirilishiga;
· mehnat qonunchiligi, mehnatni va atrof muhitni muhofaza qilish qonunlari, qoida va me'yorlariga rioya etilishiga;
· ijtimoiy muloqot hamda ijtimoiy sherikchilik yo'lga qo'yilishiga, jamoa muzokaralarini tashkil etilishiga;
· ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga binoan xodimlar malakasining oshirilishi hamda kasb jihatidan qayta tayyorlashning tizimli va muntazam ravishda olib borilishiga;
· xodimlarni, ayniqsa, yoshlarni mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilishga yo'naltirilgan dasturlarni ishlab chiqishda ish beruvchilar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik qilinishiga;
· madaniy-ma'rifiy, jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining o'tkazilishiga, bo'sh vaqtdan oqilona foydalanish uchun sharoitlar yaratib berilishiga, kasaba uyushmasi a'zolari va ularning oila a'zolari sog'lomlashtirilishiga.
Shu bilan birga, Birlashgan kasaba uyushmalari qo'mitasi o'z maqsadlariga erishish uchun o'zining saylab qo'yiladigan va kollegial organlari orqali:
§ xodimlarning ishlab chiqarish, mehnat, mehnatni muhofaza qilish, maishiy turmush, ma'naviy-ma'rifiy, jismoniy tarbiya va sport, sog'lomlashtirish sohalaridagi qonuniy huquq va manfaatlarini ifoda etadi va himoya qiladi;
§ mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari, boshqa mehnat huquqi normalari mavjud bo'lgan normativ huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
§ mehnat jamoalari nomidan ish beruvchilar bilan jamoa shartnomalarini tuzadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
§ korxona (tashkilot, muassasa)ni ijtimoiy rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalar ishlab chiqilishida, yakka tartibdagi va jamoaga doir mehnat nizolarining hal etilishida ishtirok etadi;
§ amaldagi qonunlarga va me'yoriy hujjatlarga muvofiq, uning ixtiyorida qoldirilgan mablag'lar doirasida, kasaba uyushmasi byudjeti va uni sarflash smetasini tasdiqlaydi hamda mazkur mablag'larni belgilangan maqsadlarga sarflaydi;
§ kasaba uyushmasi yig'ilishlari, konferensiyalari, qurultoylari, yuqori kasaba uyushmasi organlarining qarorlari bajarilishini tashkil etadi;
§ mehnatkashlar va ularning oila a'zolarini sog'lomlashtirish, madaniy-ma'rifiy va ommaviy sport ishlarini tashkil qiladi.
2019 yilda Birlashgan kasaba uyushma qo'mitasining ishtiroki bilan "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va O'zbekiston energetika xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o'rtasida jamiyat oldida turgan vazifalarni hal qilishda ijtimoiy sheriklik tamoyili ostida konstruktiv hamkorlikni ta'minlash va bozor munosabatlari sharoitida jamiyat mehnatkashlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida 2019-2021-yillarga mo'ljallangan Tarmoq kelishuvi (tarif) tuzildi va O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2019-yil 29-avgustda 429-son bilan ro'yxatdan o'tkazildi.
Demak, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushmalari qo'mitasining bevosita sa'y-harakatlari tufayli 2020-yil davomida amalga oshirilgan ishlarini sarhisob qilamiz:
§ 2019-2021-yillarga mo'ljallangan tarmoq kelishuviga asosan "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va Birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi o'rtasida 2019-2021-yillarga mo'ljallangan Jamoa shartnomasi tuzildi va 2019-yil 17-sentabrda jamoa konferensiyasida tasdiqlandi;
§ Jamoa shartnomasi 16 bobdan iborat: ish beruvchi bilan xodimlar o'rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi lokal normativ hujjatdir. Ushbu yangi Jamoa shartnomasida avvalgi shartnomada nazarda tutilmagan ko'plab imtiyoz va kafolatlarni kiritishga muvaffaq bo'lindi;
§ Birlashgan kasaba uyushmasi xizmatiga qabul qilingan 22 ta filiallarning boshlang'ich kasaba uyushma qo'mitalari 2020-yil uchun tuzgan ish rejalariga muvofiq samarali mehnat faoliyati olib bordilar;
§ Butun dunyoda, shu jumladan Respublikamizda "COVID-19" koronavirus pandemiyasi tufayli ma'lum ma'nodagi karantin cheklovlari e'lon qilingan bo'lsa-da, karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan holda, Birlashgan kasaba uyushmalari qo'mitasi tasarrufidagi boshlang'ich kasaba uyushma qo'mitalari tomonidan 2020-yil davomida ko'plab madaniy-ma'rifiy tadbirlar uyushtirildi;
§ Xodimlar va ularning oila a'zolarida o'zlikni anglash, Vatanga muhabbat, vatanparvarlik hislarini shakllantirish maqsadida Respublikamizning tarixiy obidalari hamda diqqatga sazovor qadamjolari — Buxoro shahriga sayohat uyushtirildi. Sayohatga 40 nafar jamiyat xodimlari va ularning oila a'zolari olib borildi;
§ Ekoturizmni rivojlantirish maqsadida "Chimyon" tog'zonasiga 50 nafar xodimlar sayohatga olib chiqildi (Markaziy boshqaruv apparati xodimlari).
§ Yil taqvimida qizil rangda bo'yalgan sanalar — turli bayramlar munosabati bilan magistral elektr tarmoqlari jamoalarida bayram tadbirlari o'tkazildi. Barcha filiallar va tarkibiy bo'linmalarda 22-dekabr — kasb bayrami tadbirlari tashkil etildi. Bu tadbirlarga energetika tizimi rivojiga samarali mehnatini qo'shgan energetika faxriylari taklif qilindi. "Energetika faxriysi" unvoniga sazovor bo'lgan, faxriy yorliqlar va Tashakkurnoma olgan xodimlarga unvonlar guldastalar bilan topshirildi (barcha filiallarda hamda Markaziy boshqaruv apparatida);
§ Xodimlarning yubiley sanalari, pensiyaga chiqishi va tug'ilgan kunlari munosabati bilan ularga qimmatbaho sovg'alar, milliy zarchopon, esdalik papkalari va guldastalar topshirilishi uyushtirildi (barcha filiallarda hamda Markaziy boshqaruv apparatida);
§ 8 mart — xotin-qizlar xalqaro bayrami munosabati bilan 360 nafar ayollarga bayram sovg'alari taqdim etildi ("Toshkent MET", "Surxondaryo MET", "Energo-IT" filiallari va Markaziy boshqaruv apparatida).
§ Kasb bayrami va yangi yil bayrami munosabati bilan filiallarda bayram tadbirlari o'tkazildi (barcha filiallarda hamda Markaziy boshqaruv apparatida);
§ Yangi yil bayrami munosabati bilan jamiyat xodimlarining 4909 nafar farzandlariga yangi yil sovg'alari berildi. Yangi yil bayrami tomoshalariga, bolalar o'yin maydonchalariga chiptalar xarid qilindi va bepul tarqatildi (barcha filiallarda hamda Markaziy boshqaruv apparatida);
§ Pandemiya karantini davrida ijtimoiy ko'makka muhtoj xodimlarga va yuqumli kasallik bilan kasallangan xodimlarga moddiy yordam ko'rsatildi (barcha filiallarda hamda Markaziy boshqaruv apparatida);
§ Yangi yil bayrami arafasida 260 nafardan ziyod xodimlarga oziq-ovqat mahsulotlari berildi ("Qashqadaryo MET", "Namangan TSQ", "Jizzax MET" filiallarida);
§ Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jayli tumani hokimining rasmiy murojaatiga ko'ra yangi yil bayrami arafasida tumandagi 40 nafar kam ta'minlangan oilalarga har biriga 500 000 so'mlik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi (un, moy, go'sht, shakar, tuxum, bolalar yangi yil sovg'asi);
§ Kontsert hamda teatr tomoshalariga 1168 ta dona chiptalar xarid qilindi ("Toshkent MET", "Buxoro MET", "Toshkent TSQ", "Magistraltarmoqqurilish" filiallari va Markaziy boshqaruv apparati);
§ 1 sentabr — Mustaqillik kuni va yangi o'qu yili boshlanishi arafasida xodimlarning 326 nafar farzandlariga, 1-sinfga chiqishi munosabati bilan, o'quv-qurollari xarid qilindi (barcha filiallarda hamda Markaziy boshqaruv apparatida);
§ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga asosan Jamiyat tasarrufidagi filiallarning barcha kasaba uyushma qo'mitalari tomonidan xodimlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish maqsadida sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, volleybol va minifutbol turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etildi. Jumladan, Birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan 8 ta filial o'rtasida minifutbol musobaqasi tashkil etildi. "Uchqun" sport maskanida apparat xodimlari o'rtasida katta tennis, shaxmat-shashka, stol tennisi bo'yicha musobaqalar o'tkazildi. Musobaqa g'oliblariga va ishtirokchilariga esdalik sovg'alari topshirildi. Xuddi shunday sport musobaqalari barcha filiallar va tarkibiy bo'limlarda ham tashkil etildi. Xodimlar va ularning oila a'zolarini sog'lomlashtirish uchun basseynlarga abonementlar tarqatildi. Xodimlar futbol bilan shug'ullanishlari uchun futbol maydonlari arendasi mablag'lari to'lab berildi (barcha filiallarda hamda Markaziy boshqaruv apparatida);
§ Xodimlar va ularning oila a'zolarini sog'liklarini tiklash ishlariga ham alohida e'tibor qaratildi. 2020-yil davomida Farg'ona viloyatidagi "Nurafshon" sihatgohida 66 dan ziyod xodimlar va ularning oila a'zolari, energetika faxriylari sog'liklarini tiklashdi. Bo'stonliq tog'zonasida joylashgan "Ugam" dam olish maskanida 4 nafar xodimlar va ularning oila a'zolari xordiq olishlari ta'minlandi (barcha filiallarda hamda Markaziy boshqaruv apparatida);
§ Xodimlar va ularning oila a'zolariga kasaba uyushmalari mablag'lari hisobidan Respublikadagi "Turon", "Xumson", "Zomin", "Oqtosh", "Chortoq", "Botanika" va "Chinobod" sihatgohlari hamda "Chorvoq oromgohi", "Navro'z", "Kumushkon" dam olish uylariga 20 ta imtiyozli — 45 foizlik yo'llanmalar ajratildi. Ijtimoiy sug'urta mablag'lari hisobidan 2 nafar xodim sanatoriyalarga yuborildi (barcha filiallarda hamda Markaziy boshqaruv apparatida);
§ Pandemiya davrida karantin holatida ishlagan dispetcherlik xodimlariga, podstansiya xodimlariga oziq-ovqat mahsulotlari doimiy ajratib turildi ("Qashqadaryo MET", "Buxoro MET", "Toshkent shahar MET", Markaziy boshqaruv apparati va Milliy dispetcherlik markazi). Xodimlarning immunitetini oshirish maqsadida jamiyat tasarufidagi filliallarning yordamchi xo'jaliklarida yetishtirilgan limon va olma mevalari tarqatib turildi;
§ 2020-yil davomida juda ko'p xayrli tadbirlar o'tkazishga va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga erishildi. Lekin, shu bilan bir qatorda, bir qator kamchiliklarga ham yo'l qo'yildi. Kamchilik va xatolarning aksariyati tuzatildi va muammolar o'z yechimini topdi. Ammo... Jamiyat filiallarida 2020-yilda 2 ta baxtsiz hodisa ro'y berdi. Baxtsiz xodisa tufayli 3 nafar xodim tan jarohati oldi va 1 nafar xodim hayotdan ko'z yumdi. Kasaba uyushma qo'mitalari jarohatlanganlarning holidan xabar olib turdi. Vafot etgan xodimning oila a'zolariga 6 106 000 so'm miqdorida moddiy yordam ko'rsatildi;
§ "O'zbekiston MET" AJ kutubxonasi yangi badiiy adabiyotlar bilan to'ldirildi;
§ Respublikaning ommaviy axborot vositalari — 2021-yil uchun "Ishonch", "Ishonch–Doverie", "Darakchi" va boshqa gazetalarga obunalar tashkil qilindi (barcha filiallarda hamda Markaziy boshqaruv apparatida);
§ Mehnat muhofazasi tadbirlariga og'ishmay rioya qilinishi yil davomida kasaba uyushma raislari tomonidan nazoratga olindi.
§ 2021-yilda ham "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ Birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan barcha sa'y-harakatlarini amalga oshirishda kuch va imkoniyatlarini ishga solgan holda xizmat qiladi.
Nodira Xidirova, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi raisi
QO'SHIMCHA MA'LUMOTLAR HAVOLASI:
"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi haqida qisqa ma'lumot http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/483
Yosh muhandislardan iborat xodimlar guruhi jamiyatning xizmat ko'rsatish ob'ektlariga sayohat uyushtirishdi http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/217
"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatida videomuloqot shaklidagi "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" o'tkazildi http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/235
SOHAMIZ XOTIN-QIZLARI HAMISHA HURMAT-EHTIROMDA! http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/266
"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining ikki mingdan ziyod ishchi-xodimlari umumxalq hasharida ishtirok etishdi http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/281
"O'zbekiston MET" AJda kasaba uyushma tashkilotlarining video-konferensiyasi bo'lib o'tdi http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/286
"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining jamoa shartnomasida mehnat faxriylariga quyidagi imtiyozlar nazarda tutilgan: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/348
70 yillik beg'ubor bayram: bugun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/360
"Arqonga qil — madad" yoxud UMUMSAXOVAT yo'lida jamiyatimiz ishtiroki http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/401
Elektr ta'minoti tizimining barqaror faoliyati — tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha olib borilayotgan islohotlarning tayanchi hisoblanadi http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/397
"Surxon" podstansiyasi: Musobaqa g'oliblari aniqlandi http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/411
Birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi: Ishchi-xodimlarning farzandlariga o'quv qurollari sovg'a tarzida taqdim etildi http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/484
"Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali: 41 nafar birinchi sinf o'quvchilariga o'quv qurollari taqdim etildi http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/496
"Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali: Ishchi-xodimlarning bir nafar farzandiga o'quv qurollari sovg'a qilindi http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/497
"ENERGO-IT" filiali: Ishchi-xodimlarning farzandlariga o'quv qurollari berildi http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/498
"Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali: 6 nafar kishiga moddiy yordam ko'rsatildi http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/499
"Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali va "Nurafshon" sanatoriysi: O'quv qurollari tarqatildi http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/500
"Namangan magistral elektr tarmoqlari" filiali: O'quv qurollari tarqatildi http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/501
Energetiklarning farzandlariga o'quv qurollari sovg'a tarzida taqdim etilmoqda http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/504
SPORT BAYRAMIGA TAKLIF ETAMIZ! http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/601
Energetiklarning sport tadbirlari: Mehnat faoliyatidagi unum va samara sari tashlanayotgan dadil qadamlar http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/605
"Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali: Sport musobaqasi g'oliblari taqdirlandi http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/611
Magistral elektr tarmoqlari filiallarida sport tadbirlari o'tkazilmoqda http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/614
"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati: mini futbol bo'yicha musobaqa g'oliblari aniqlandi http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/615
"O'zbekiston" telekanalida "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatida Prezident Farmonining ijrosi bo'yicha olib borilayotgan sport tadbirlari haqida lavha efirga uzatildi http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/617
"Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filialida shaxmat, shashka, futbol va stol tennis bo'yicha tunir bo'lib o'tdi http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/624
ENERGETIKLAR KUNI ARAFASIDA SOHA VAKILLARI MUNOSIB TAQDIRLANMOQDA http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/630
Xayru saxovat — insoniylik ziynati http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/638
"ENG YAXSHI..."— Munosiblik e'tirofi http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/649
"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
Kanalga a'zo bo'ling! t.me/uzmetaxborotxizmati