Yangiliklar
uzbekistonmet.uz: ENG KO‘P O‘QILGAN 5 TA MAQOLA
  • 18.08.2020
  • 1119

  Ko‘pchilikka ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy telegram kanali 2019-yil avgust oyida o‘z faoliyatini boshlagan edi. Qariyb bir yil davomida rasmiy kanal orqali jamoatchilikka 100 ga yaqin tahliliy maqolalar, 50 dan ziyod rasmiy bayonot, 2000 dan ziyod fotosurat va fotokollajlar, 600 ga yaqin videomateriallar, 3000 ga yaqin uzbekistonmet.uz veb-sayti va boshqa muhim xabar-yangiliklarga havolalar berilgan bo‘lib, rasmiy kanal yuzlab mahalliy internet nashrlari ichida o‘zining munosib o‘rnini topmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

   Jamiyatning veb-sayti esa 2019-yilning oktabr oyida o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, o‘zbek (kiril va lotin alifbosida), rus va ingliz tili bloklarining har birida 9 ta rukn, 40 dan ziyod nimruknlarda 300 ga yaqin maqola, xabar va ma'lumotlar mujassam.

 Shu bilan birga, Jamiyatning rasmiy elektron sahifasida «FOTOGALEREYA» va «VIDEOGALEREYA» nomli maxsus ilovalarida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga taalluqli bo‘lgan foto va videomateriallar o‘rin olgan. Jamiyatning hududiy filiallari haqidagi qisqa ma'lumotlar: Magistral elektr tarmoqlari filiallarining manzili, telefon raqami, rahbariyati va qabul kunlari — O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi infografikaga joylashtirilgan.

 E'tiboringizni uzbekistonmet.uz veb-saytida eng ko‘p o‘qilgan maqolalarning shartli reytingiga qaratishni istadik...

 1-o‘rin

Yuqori o‘rinni «YANGILIKLAR» ruknida e'lon qilingan, texnika fanlari nomzodi Eso Sadullayev qalamiga mansub «DISPETCHER ELEKTR TA’MINOTINI UZMASA NIMA BO‘LADI? yoxud tizimidagi yirik avariyalarning asosiy sabablari» nomli maqolasi egalladi desak, adolatli xulosa bo‘ladi.

O‘zb.: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/177  

Ўзб.: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/177  

Rus: http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/177  

2-o‘rin

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining Axborot xizmati tomonidan Milliy dispetcherlik markazi ma'lumotlarga tayanib «YANGILIKLAR» ruknida e'lon qilingan «CHEKLOVLAR O‘RNATILISHIGA MAJBUR BO‘LINMOQDA! yoxud bugungi kun energiya tejamkorligi madaniyati qay ahvolda?» nomli 11-noyabr — Xalqaro energiyani tejash kunida e'lon qilingan maqola veb-sayt mushtariylari tomonidan ko‘p o‘qilgan maqolalar ichida ikkinchi o‘rinda.

O‘zb.: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/150  

Ўзб.: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/150   

3-o‘rin

Jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-saytidagi «OAV VA JAMOATCHILIK BILAN ISHLASH» nimruknida 4-aprel — Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan sanada e'lon qilingan Axborot xizmati rahbarining ««TEMUR TUZUKLARI» ASARINI MUTOLAA QILGANMISIZ?» nomli maqolasi sayt o‘quvchilari tomonidan ko‘p o‘qilish jihatidan navbatdagi pog‘onaga munosib. Ushbu ko‘rsatkich veb-sahifa mutariylarining kitobxonlik madaniyati darajasi, mamlakatimiz tarixiga qiziqishlari yuqori ekanidan dalolat.

O‘zb.: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/314  

Ўзб.: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/314   

4-o‘rin

«YANGILIKLAR» ruknida «O‘zbekiston MET» Axborot xizmatining mahalladosh.uz saytida «Energetik bo‘hrondan qutqaradigan yagona yo‘l bormi?» nomli tanqidiy e'longa javoban e'lon qilingan tahliliy maqola shaklidagi munosabati — «MUQOBIL ENERGIYA ULUSHINI OSHIRISH — YIRIK INVESTITSIYALAR TALAB QILUVCHI BOSQICHLI JARAYON» nomli maqola to‘rtinchi o‘ringa munosib.

O‘zb.: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/189   

Ўзб.: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/189   

Rus: http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/189  

5-o‘rin

«YANGILIKLAR» ruknida e'lon qilingan, Jahon banki ishtirokida xalqaro ekspert, Gruziya fuqarosi Sulxan Zumburidzening «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining maslahatchisi sifatida qisqa muddatli ish faoliyati hisobot-tavsiyalari haqidagi «XALQARO EKSPERT «O‘ZBEKISTON MET» AJ FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN BESHTA MUHIM YO‘NALISH BO‘YICHA O‘Z TAKLIFLARINI BILDIRDI» nomli xabar veb-sahifa o‘quvchilari tomonidan katta qiziqish bilan mutolaa qilinganini ko‘rishimiz mumkin.

O‘zb.: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/263    

Ўзб.: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/263    

Rus: http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/263

 Shu o‘rinda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-saytidagi «QIZIQARLI XABARLAR» ruknida e'lon qilingan ma'lumotlarni katta qiziqish bilan mutolaa qilganliklariga guvoh bo‘lishingiz mumkin:

O‘zb.: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/3  

Ўзб.: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/3

Rus: http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/category/3  

Eng.: http://uzbekistonmet.uz/en/lists/category/3  

 Shuningdek, «MUROJAATLAR» ruknidagi tanqidiy murojaatlar va ularga nisbatan bildirilgan rasmiy munosabatlar ko‘pchilik mushtariylarni qiziqtigani rost.

O‘zb.: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23   

Ўзб.: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/23  

Rus: http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/category/23   

Eng.: http://uzbekistonmet.uz/en/lists/category/23  

Shu bilan birga, veb-sahifaning «INVESTITSIYA SALOHIYATI» ruknida e'lon qilinayotgan investitsion loyihalar, tender e'lonlari, asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari ham mushtariylar e'tiboridan chetda qolayotgani yo‘q.

O‘zb.: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/14  

Ўзб.: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/14

Rus: http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/category/14

Eng.: http://uzbekistonmet.uz/en/lists/category/14

 E'tiboringizni uzbekistonmet.uz veb-saytida eng ko‘p o‘qilgan maqolalar mamlakatimizda nashr etiladigan davriy matbuot sahifalarida chop etilishiga qaratmoqchimiz...

 O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2020-yil fevral oyidagi tavsiyasiga binoan «O‘zbekiston MET» AJ ma'muriyati «O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi — Экономический вестник Узбекистана» axborot-tahliliy jurnalining 2-soni O‘zbekiston energetika sohasiga bag‘ishlab chop etilishini hisobga olib, Jamiyatning OAV va jamoatchilik bilan ishlash yo‘nalishida eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan maqola — texnika fanlari nomzodi Eso Sadullayev tomonidan taqdim etilgan «DISPETCHER ELEKTR TA'MINOTINI UZMASA NIMA BO‘LADI? yoxud tizimidagi yirik avariyalarning asosiy sabablari» nomli maqolasi taqdim etgan edi. Jurnal tahririyati energetika sohasining boshqa tarmoqlari qatorida mazkur maqolani chop etdi va sotuvga chiqardi.

 Jurnalning O‘zbekiston energetika sohasiga bag‘ishlangan maxsus sonidan kichik iqtisoblar tahririyatining rasmiy veb-saytida e'lon qilindi:

 Batafsil: https://evu.uz/uz/ekonomika/o-zbek-elektr-taminotidagi-muvozanat.html  

 Podrobno: https://evu.uz/ekonomika/prichiny-vozniknoveniya-avarijnyh-situaczij-v-sistemah-elektrosnabzheniya.html

Jamiyat veb-saytida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda sohaga taalluqli boshqa normativ hujjatlar bilan tanishish imkoniati mavjud.

O‘zb.: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/31 

Ўзб.: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/30

Rus: http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/32

Eng.: http://uzbekistonmet.uz/en/lists/view/33

 

   Xulosa o‘rnida bir narsani alohida ta'kidlash lozimki, energetika sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilayotgani bilan bir qatorda aholi vakillariga, xususan iste'molchilarga xalq tilida tushuntirib berilishi lozim bo‘lgan ko‘pgina jihatlar bor. «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati jurnal sahifalarida yoritiladigan materiallar o‘quvchilar uchun texnik-muhandislik yo‘nalishidagi tahliliy maqola — bajarilgan ishlar hisoboti yoki istiqboldagi rejalarga nisbatan dolzarbroq ekanligini hisobga olib, iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlash bir-biriga chambarchas bog‘liq nihoyatda murakkab va mas'uliyatli jarayon ekanligi urg‘u berdi.

  O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi — Экономический вестник Узбекистана» axborot-tahliliy jurnalining O‘zbekiston energetika sohasiga bag‘ishlab nashr etilgan maxsus soni Sizlarga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz...

   Ulug‘bek Urunov,

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati

boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

>