Ko‘pchilikka ma'lumki, bugun buyuk bobokalonimiz, ulug‘ sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun. Bundan 684 yil ilgari O‘zbekiston zaminida tug‘ilib voyaga yetgan jahongir dunyo tarixida o‘chmas iz qoldirdi, buyuk davlat barpo etib, uni ilm-ma'rifat, me'morchilik markaziga aylantirdi.
Yurtimizda yuqumli kasallik karantini tufayli ushbu sana ommaviy tadbirlar ko‘rinishida emas, ko‘proq OAV orqali, ijtimoiy tarmoq sahifalarida keng nishonlanmoqda. «O‘zbekiston MET» AJ ma'muriyati ham barchani ushbu sana bilan qutlab, karantin paytida respublika shtabi tomonidan berilayotgan tavsiyalarga amal qilishingizni so‘rab qoladi.
Bugun mamlakatimizda Sohibqiron qalamiga mansub asarlardan iqtiboslar keltirilgan holda tarixiy voqyea-hodisalar, sarkarda va buyuk davlat asoschisining o‘gitlari targ‘ib etilmoqda. O‘zbekiston MET Axborot xizmati ham ushbu an’anani davom ettirish niyatida Sizlarni qiziqarli mutolaaga chorlaydi.
«TEMUR TUZUKLARI» ASARIDA TILGA OLINGAN 4 TA DARYO HAQIDA…
«Temur tuzuklari» asari
Ulug‘ bobokalonimiz Amir Temur haqida ko‘p narsalarni bilamiz. Xalq og‘zaki ijodi orqali eshitganmiz, maktab darsliklari, ilmiy-badiiy kitoblarda o‘qiganmiz, hujjatli va badiiy filmlarda tomosha qilganmiz...
Sohibqiron Amir Temurning shaxsi hamda uning «Temur tuzuklari» asari nafaqat O‘zbekistonda, balki jahon hamjamiyatida ham katta qiziqishga sazovor. Tarixda Temuriylar saltanatining asoschisi sifatida nom qoldirgan buyuk bobokalonimiz hozirda mavjud o‘nlab davlatlar hududlarini ishg‘ol qilgan. Uning harbiy yurishlari bilan Osiyo, qisman Yevropa qit’asining turli burchaklariga islom dini va madaniyati, Markaziy Osiyo xalqlariga mansub madaniy qadriyatlar, urf-odatlar, me’morchilik, hunarmadchilik, adabiyot, til va lahjalar kirib borgan.
Yevroosiyo materigining turli mintaqalarida Amir Temurning harbiy yurishlari natijasida qolgan «tarixiy izlarni» ko‘rish mumkin. O‘rta asrlarda sodir bo‘lgan bunday harbiy yurishlar natijasida turli qabila va elatlar vujudga kelgan, qadimdan mavjud xalqlarning madaniyati, lug‘at boyligi, nasl xilma-xilligi yangilanib to‘ldirilgan. Hanuzgacha dunyoning 30 dan ortiq davlatlarida o‘g‘il bolalarga «Temur» deb ism qo‘yiladi.
Bir gap bilan aytganda, Sohibqiron saltanatning dovrug‘i butun jahonga ma’lum va mashhur. O‘rta asrlardayoq Amir Temur haqida ingliz dramaturgi Kristofer Marlou 1588-yili tarixiy pyesa, nemis kompozitori Georg Gendel 1724-yili opera, amerikalik Edgar Po 1827-yili she’riy poema yaratgan. Amir Temur siymosi gavdalangan yuzlab badiiy asarlar nashr etilgan. O‘nlab badiiy va hujjatli filmlarda Amir Temur shaxsi va Temiriylar saltanating tarixi tasvirlangan.
Amir Temur davlatining xaritasi
Ma’lumki, «Temur tuzuklari» asarining bir nechta tarixiy nashrlari mavjud. «Tuzuklar»ning Bombey, Tehron, Oksford nashrlari shular jumlasidan. Asarning tarjimalari va turli nashrlarida tarixiy shaxslar, joy va daryo nomlarida biroz xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan, ayrim o‘zgartirishlar kiritilgan. Asarda eng ko‘p tilga olinadigan daryolar — Amudaryo va Sirdaryo. Matnda ularning tarixiy nomlari, kechuv joylari ham alohida e’tirof etilgan. Surxob, Terek, Chu, Ko‘kcha kabi daryolarning nomlari ham asar matni va uning izohlarida qayd etilgan. Biz «Temur tuzuklari» asarida alohida e’tirof etilgan 4 ta daryo nomi va u bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etishga jazm etdik.
O‘zbekistonning ushbu ma’lum va mashhur daryosi haqida ko‘pchilik biladi. Uning sharafiga viloyat nomi (Sirdaryo viloyati) va bir nechta alohi punktlari qo‘yilgan. Qadimda Yaksart (Sayhun) nomi bilan mashhur daryoning uzunligi
U O‘zbekiston hududidan xuddi Sirdaryo va Toshkent viloyati chegaralarini ikkiga ajratganday oqib o‘tadi. Mazkur daryo Shardara suv ombori orqali Qozog‘istonning uzoq Qizilo‘rda shahri yaqinidan ham oqib o‘tadi. Hatto yaqin o‘tmishda Orol dengiziga ham quyilgan.
Sirdaryo «Temur tuzuklari» asarning «Birinchi kitob» bo‘limi, «Kengash va tadbirlar» hikoyatida tilga olingan. Sohibqiron Amir Temur 1360-yilning bahorida yuz bergan tarixiy voqealarni bayon qiladi. Unda Chingizxon avlodidan bo‘lmish Tug‘luq Temurxon Movoraunnahrga qo‘shin tortib, ko‘psonli lashkarlari bilan Xo‘jand suvi, ya’ni Sirdaryoni kechib o‘tganini bayon qiladi. Amir Temur Tug‘luq Temurxon bilan ko‘rishadi va u Amir Temurga Movorounnahr viloyati, to Jayhun daryosining (Amudaryo) sohillarigacha cho‘zilgan hududni boshqarishni topshiradi.
Hilmand daryosi hozirgi kunda ham Afg‘oniston va Eron davlatlari hududidan oqib o‘tadi. Uning uzunligi taxminan
Hilmand daryosi suvining bir qismi Eron va Afg‘oniston hududidagi Hamun ko‘llarini to‘ldiradi. Ushbu daryo nomi «Temur tuzuklari» asarning «Xuruj kunlari qilgan beshinchi kengashim» hikoyatida tilga olingan. Sohibqiron Amir Temur Boxtarzamin (Qadimgi Baqtriya davlati hududlari, hozirda Afg‘onitonning Balx shahri atrofidagi hududlar) va Qandahor (hozirda Afg‘oniston janubidagi yirik qadimiy shahar) hududlarini ishg‘ol qilish maqsadida Hilmad daryosi yonida qarorgoh qurdiradi. Shu tariqa forschadan «issiq o‘lka» ma’nosini beruvchi Garmsir viloyati Sohibqiron saltanati tasarrufiga o‘tadi. Aynan shu yo‘nalishdagi harbiy yurishlarda, aniqrog‘i Sohibqironning Seyiston o‘lkasiga qilgan yurishlarida u o‘ng qo‘lining tirsagi hamda o‘ng oyog‘idan kamon o‘qi bilan yaralangan. Keyinchalik bu jarohat tufayli Amir Temur oqsoqlanib yuradigan bo‘lib qolgani ma’lum. Mazkur tarixiy voqeada Sohibqiron «Temurlang», ya’ni «Oqsoq Temur» deb atalgan.
«Temur tuzuklari» asarda Amudaryo o‘z nomida, shuningdek, Jayhun daryosi va Amuy suvi nomi bilan ko‘p bora tilga olinadi. «Xuruj kunlarida qilgan yettinchi kengashim» hikoyatida Sohibqiron Tamuka bohodirni uch otliq bilan Termiz daryosi, ya’ni Amudaryoning Termiz shahri yaqinidagi kechuvdan o‘tib, Jeta lashkarining ahvoli va harbiy rejalari haqida ma’lumot to‘plab kelish uchun yuboradi. So‘ng olingan ma’lumotlar asosida harbiy reja tuzib, natijada Jeta lashkari ustidan g‘alaba qozonadi. Mazkur tarixiy voqealar aynan Amudaryo havzasida ro‘y beradi.
Tarixdan ma’lumki, ushbu qadimgi daryoning bir nechta qadimgi nomlari bor: Oks, Amu, Balx, Jayxun shular jumlasidan. Amudaryoning uzunligi
Xaritaga qarasangiz, Amudaryo xuddi Afg‘oniston va O‘zbekiston davlat chegaralarini chizib o‘tganday oqib o‘tganini ko‘rish mumkin. Yana u Vatanimiz kengliklarida xuddi Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini ikkiga ajratganday oqib o‘tadi. Amudaryo Qoraqum va Qizilqum sahro kengliklari bag‘ridan, Termiz, Urganch va Nukus shaharlari yonidan oqib o‘tadi.
1393-yilning sentabr oyi oxirida Sohibqiron Amir Temur birinchi bor Bag‘dod shahri va uning atrofidagi hududlarni egallaydi. «To‘xtamishxonni yo‘qotish uchun qilgan kengashim» hikoyatida u lashkarlarining soni 4 farsang, harbiy qo‘shin safi kengligida
Hozirda Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Dog‘iston Respublikasida aynan shunday nomdagi daryo bor. Daryoning bir qismi Ozarbayjon Respublikasi hududidan ham oqib o‘tadi. Daryoning uzunligi
Sohibqiron o‘z asarida qayd etgan Samur suvi kechuvidan so‘ng, aniqrog‘i 1395-yilning 17-aprel sanasida Terek daryosi bo‘yidagi vodiyda ayovsiz jang bo‘ladi. Jangda To‘xtamishxon yengilib, Amir Temur g‘alaba qozonadi. Shu tariqa Dashti Qipchoq viloyatlari va Oltin O‘rda Sohibqiron davlati sarhadlariga qo‘shib olinadi.
Xotima
Ma’lumki, Sohibqiron saltanatining hududi juda katta bo‘lgan. Biroq uning markazi Movoraunnahr, Turon zaminining ikki chekkasidan oqib o‘tadigan 2 ta yirik daryo — Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi hududlardan iborat. Xaritaga nazar solsangiz, Osiyo qit’asida turli nomlar bilan atalgan daryolar bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Muhimi, ular qadim-qadimdan sivilizatsiya o‘chog‘i bo‘lgan. Bunga qaysidir daryo sharafiga qo‘yilgan, aniqrog‘i nomi aynan daryo nomlaridan kelib chiqqan yuzlab shahar, viloyat va tuman nomlari misol. Birgina Zarafshon daryosi Samarqand shahri yaqiniga kelganda 2 ta katta irmoqqa, ya’ni Qoradaryo va Oqdaryoga bo‘linib oqishini, so‘ng Miyonqal’a nomi bilan mashhur orol hosil qilgach yana qo‘shilib oqishini hammayam bilavermasa kerak.
Chunonchi, Amir Temurning eng yirik qarorgohlari Zarafshon daryosi atrofida bo‘lgan. Sohibqiron o‘zining zafarli yurishlarida yuzlab daryolarni kechib o‘tgan. Tarixda turli nomlarda zirk etilgan janglar ham daryo havzalari atrofida bo‘lib o‘tgani ma’lum.
Shunday ekan, biz Vatanimiz va qo‘shni davlatlar hududidan oqib o‘tadigan daryolar va ularning irmoqlarini yaxshi bilishimiz darkor. Daryolarning tarixiy nomi, uning atrofidagi shaharlar tarixi — tarix va geografiya fanlaridan olgan bilimlarimizni mustahkamlaydi, tasavvurlarimizni to‘ldiradi.
Manba: https://t.me/ulugbekijodnamunalari
Ulug‘bek Urunov,
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining
matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Kanalga a’zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati