“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2023 yil yanvar-iyun oylarida magistral elektr tarmoqlari orqali 35 milliard kilovatt soat elektr energiyasi uzatilib, reja 101,4 foizga bajarildi. O‘sish sur’ati 2022 yilning mos davriga nisbatan 106,1 foizdir.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari ishtirokida Ulug‘bek O‘runov ma'lum qildi.
Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda joylarda oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlarida Andijon viloyati, Jalaquduq tumani, “Gʻayrat” MFYda fuqaro Sh.E. tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Iyul oyida quyosh panellari sotib olish va o‘rnatish bilan bog‘liq yuzlab tender savdolari o‘tkazildi. Ularning ayrimlarida boshqa sohalarga ixtisoslashgan, quyosh paneli o‘rnatish tajribasi bor-yo‘qligi noma’lum firmalar g‘olib deb topilgan. Aynan panellar borasida tajribaga ega kompaniyalar esa ulardan arzonroq narx taklif qilgan bo‘lsa-da, tenderni yuta olmagan.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi loyihasida mamlakat jamoat transportini “elektrobus va elektromobillar” bilan yangilash taklif etilgan. Shuningdek, jamoat transportini ekologik toza yoqilg‘iga o‘tkazish nazarda tutilgan. Hujjatda elektrda harakatlanuvchi transportlarning boshqa turlari keltirilmagan.
Keyingi kunlarda Qashqadaryo viloyatida ham elektr ta’minotida tez-tez uzilishlar kuzatilmoqda. Albatta ushbu holat keng jamoatchilikning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.
Poytaxtdagi hududlar navbatma-navbat chiroqsiz qolishda davom etmoqda. Buni mas'ullar turli sabablar bilan izohlashmoqda. Lekin biron joyda transformatorlar yangilanayotgani yoki qo‘shimcha o‘rnatilayotgani haqida quvonchli gap-so‘zlar bo‘layotgani yo‘q. Xo‘p, borining quvvatini, ishga yaroqliligini anomal sovuq uchun asrab qo‘yayotgan bo‘lsak, yozda odamlar har qanday holatda chidab yashasa bo‘laveradimi?
Keyingi kunlarda Qashqadaryo viloyatida ham elektr ta’minotida tez-tez uzilishlar kuzatilmoqda. Albatta ushbu holat keng jamoatchilikning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2023-yil 2-avgust soat 00:00dan 3-avgust soat 22:00 gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.
Navoiy viloyatida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan oilaviy korxona aniqlangan. Qo‘lga olingan oilaviy korxona egasi mayning kripto-aktivlari qurilmasini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 984 mln so‘m zarar yetkazgan.
Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida davlat–xususiy sheriklik tamoyili asosida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1500 MVt bo‘lgan yangi issiqlik stansiyasi qurilish ishlarining birinchi bosqichi yakunlanmoqda.
Ozarbayjonda safarda bo‘lgan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati “AzerEnergy” OAJning elektr stansiyalari, podstansiyalari, laboratoriya, o‘quv markazi va raqamli boshqaruv markazida bo‘lib, qator uchrashuvlarda ishtirok etdi.
«Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filialiga qarashli 220 kV kuchlanishli «Qarshi» podstansiyasida AT-1-220 kV avtotransformator gaz himoyasidan avariyaviy o‘chgani sababli, sozlash-sinash ishlarini olib borish zaruriyati tufayli bugun yarim kechasi, ya'ni 2023 yil 28 iyul sanasi soat 00:00 dan tonggi 06:00 gacha AT-1 transformatorini ta'mirlash ishlari olib boriladi.
Biz Angliyada energiya taqchilligi o‘sib borayotgani haqidagi xabarlarga o‘rganib qolganmiz, ammo ajablanarlisi shundaki, Qo‘shma Shtatlardan raqamlar bilan yangiliklar kamroq keladi va bugungi kunda u yerda vaziyat umuman yaxshi emas.
«Ishonch» gazetasining 2022-yil 12-aprel sonida mutaxassis Yusup Kamalov bilan suhbat («Shamoldan nur»)ni o‘qib, bundan rosa o‘ttiz bir yil muqaddam ayni mavzuda yozganim yodimga tushdi. Uni o‘sha davrda chiqib turgan «Muloqot» jurnali (1991, №4) nimagadir ayovsiz qisqartirib, ikki abzats hajmida chop etgan edi. U zamonda yurtimiz endi mustaqil bo‘lgan, iqtisodiy qiyinchiliklar avjida edi, shuning uchun ham maqoladagi taklif va mulohazalar deyarli hyech kimning nazariga tushmadi. Ekologiyaga ziyon yetkazmagan holda energiya olish eng muhim muammoga aylangan hozirgi paytda unga sal-pal qalam tekkizgan holda siz, azizlarga ilindim.
Pokiston hukumati mamlakatda 1 kVt·soat elektr energiyasi narxini 5,75 PKRga (kVt·soati 2 AQSH senti) oshirishga ruxsat berdi, bu esa 19 foiz oshganini bildiradi.
Qirg‘izistonda elektr energiyasi taqchilligi sababli uch yil muddatga energetika sohasida favqulodda holat joriy etiladi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Sadir Japarovning matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun "Hududiy elektr tarmoqlari" Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali’da “«Svet» yo‘q! Kim aybdor?” nomli maqola e'lon qilindi.
“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ–856, 17.07.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi yangi rahbari, janob Andi Aranitasining tayinlovi munosabati bilan mazkur bankning Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Zsuzsanna Hargitai xonim boshchiligidagi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.