Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda joylarda oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlarida Andijon viloyati, Jalaquduq tumani, “Gʻayrat” MFYda fuqaro Sh.E. tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Fuqaro Sh.E. oʻziga tegishli “Oshxona”ning elektr qurilmalarini tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, 427,7 ming kVt·soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan va bu bilan taʼminot korxonasiga 191,5 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.
Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga qilindi.
Nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/8604
https://uzenergoinspeksiya.uz/
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati