Biz Angliyada energiya taqchilligi o‘sib borayotgani haqidagi xabarlarga o‘rganib qolganmiz, ammo ajablanarlisi shundaki, Qo‘shma Shtatlardan raqamlar bilan yangiliklar kamroq keladi va bugungi kunda u yerda vaziyat umuman yaxshi emas.
34,2 million uy xo‘jaliklari energiya taqchilligi chegarasidan pastda, ya’ni subsidiya olish huquqiga ega bo‘lsa-da, biroq federal qo‘llab-quvvatlash mablag‘lari 29 million uy xo‘jaliklariga yetib bormaydi.
Statistikaga ko‘ra, AQShda o‘rtacha uy xo‘jaligi 2.4, ya’ni, Qo‘shma Shtatlarda taxminan 82 million kishi energiya taqchilligi chegarasida yashaydi. Bu yil vaziyat o‘tgan yilgidan ham yomonroq.
NEADA (kam ta’minlangan fuqarolarga energiya ta’minoti yordam tashkiloti) hisob-kitoblariga qaraganda, AQSh iste’molchilarining kommunal to‘lovlari bu yoz o‘tgan yildagiga nisbatan deyarli 12 foiz yuqori bo‘lib, o‘rtacha 578 dollarni tashkil qiladi.
G‘arbiy va janubi-markaziy hududlarda xarajatlar iyun hamda avgust oylari orasida o‘rtacha 706 dollargacha ko‘tariladi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/8519
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati