Davlatimiz rahbari xorijiy investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish borasidagi yangi imkoniyatlarni sanab o‘tdi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va Xitoy Xalq Respublikasining “Energy China Overseas Investment Division China Gezhouba Group Overseas Investment Co.,Ltd.” kompaniyasi o‘rtasida Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida har birining quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
Mazkur stansiyalarda umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan 158 ta shamol turbinalari o‘rnatish orqali yiliga 3,6 milliard kVt∙soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Bugun, 2023-yil 27-aprel sanasida daryo.uz axborot nashrida «“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” yil boshidan beri 846 mlrd so‘m zarar ko‘rdi» sarlavhali xabar e'lon qilingan edi.
Joriy yilning 24-26-aprel kunlari “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma majmuasida “Innoprom. Markaziy Osiyo” uchinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun, 25-aprel kuni O‘zbekiston Energetika vaziri J.Mirzamahmudov ko‘rgazma doirasida Tatariston Respublikasining qator yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–419-son, 10.11.2022 y.) qabul qilindi
Yilning birinchi choragida O‘zbekistonda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,6 foizga, mart oyida esa 12,9 foizga qisqardi. Uch oy davomida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 5 foizga kamaydi. Ko‘mir qazib olish hajmi ham pasaydi.
Joriy yilning 17-aprel kuni Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Xitoyning “State grid - CET” kompaniyasi prezidenti Yu Jun o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Energetika vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ hamda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi hamkorligida joriy yilning 20-aprel kuni Shirin shahrida “O‘zbekiston yoshlar forumi” tashkil etiladi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari Energetika Assotsiatsiyasi O‘zbekistonda energetika tizimining barqarorligi va ishonchliligi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. “Daryo” ushbu maqolani e’tiboringizga taqdim qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 MVt quvvatga ega shamoldan elektr energiyasini ishlab chiqarish hamda energiya saqlash tizimi (akkumulator) loyihasini amalga oshirish uchun investor tanlash bo‘yicha tenderning Takliflar so‘rovi (RFP) bosqichi boshlandi.
Energetika sohasi bo‘yicha ekspert Ravshan Xo‘janov Kun.uzʼga taqdim etgan maqolasida O‘zbekistonda energiya bozorini liberallashtirish, sohaga xususiy investorlarni jalb qilish va tarif siyosati bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘zbekistonda joriy oyda energetika inqirozi yuz berdi, elektr energiyasi va gaz ta'minotidagi uzilishlar, qator korxonalar faoliyati to‘xtab qolishi va sanoat ishlab chiqarishining qisqarishi, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning kamayishi kuzatildi.Bu mamlakatda pandemiyaning eng yuqori cho‘qqisi kuzatilgan va noaniqliklar kuchaygan 2020-yil iyul oyidan beri kutilayotgan inflyasiyaning eng yuqori ko‘rsatkichi bo‘ldi (aholi kutilmalari — 19,7 foiz, tadbirkorlik — 20,1 foiz). Keyinchalik kutilmalar va rasmiy inflyasiya (14,4%) o‘rtasidagi farq 5,3-5,7% ga yetdi.
Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi va Farg‘ona viloyatidagi “O‘zbekiston” podstansiyasini bog‘lovchi 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Bugun axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Axborot xizmatlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, inqirozli kommunikatsiya, dezinformatsiya va feyk xabarlarga qarshi kurashish, qisqa va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish” mavzusidagi uch kunlik seminar-trening o‘z ishini boshladi.
O‘zbekistonda 2024-yil yakuniga qadar “Gidroenergetika sohasini raqamli transformatsiya qilish” loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda “Gidroenergetika sohasini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident Qarorida belgilandi.
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi “Vochax” qishlog‘iga 80 yildan beri “svet” yetib bormagan. Tug‘ilganidan buyon elektr “nur”ini ko‘rmagan qishloq bolalari esa haligacha moychiroqlardan foydalanib, dars qiladi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi orqali ma’lum qilindi.
Ro‘yxatga “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zdonmahsulot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta'minot” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘zbekiston MET” AJ, “O‘zbektelekom” AK, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ, “O‘zmilliybank” AJ kabi yirik tashkilotlar tizimiga kiruvchi korxonalar kiritilgan.
O‘zbekistonda aholi uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlarini 2023 yilda oshirish rejalashtirilmagan. «Lekin bu mazkur masalani muhokama qilmayapmiz degani emas. Turli variantlarni ko‘rib chiqyapmiz, ijtimoiy normalar muhokama qilinyapti», — dedi vazir o‘rinbosari.
Bugun, 28-mart kuni Jizzax viloyatida quvvati 1000 MVtgacha bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Xitoyning “China Huadian Overseas Investments”, “CNEEC” (China National Electric Engineering Company) va “SANY Renewable Energy” kompaniyalari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.