“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi yangi rahbari, janob Andi Aranitasining tayinlovi munosabati bilan mazkur bankning Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Zsuzsanna Hargitai xonim boshchiligidagi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Bu haqda “O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmat ma’lum qildi.
Unda tomonlar investitsiya faoliyati doirasidagi hamkorlik istiqbollariga oid bir qator muhim masalalar xususida so‘z yuritdi. Shuningdek, “Yo‘l xaritasi” shartnomalarini imzolash bo‘yicha ham fikr almashildi. Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.
N. Ziyodullayeva, O‘zA
Manba: https://uza.uz/
"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati