OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Sirdaryoda qurilayotgan yangi IES uchun yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari O‘zbekiston elektr energetika umumtizimiga ulandi
  • 28.07.2023
  • 179

Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida davlat–xususiy sheriklik tamoyili asosida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1500 MVt bo‘lgan yangi issiqlik stansiyasi qurilish ishlarining birinchi bosqichi yakunlanmoqda.

2023-yil 26-iyul kuni mazkur yangi IES uchun yangidan barpo etilgan 220/500 kVli “ACWA POWER SIRDARYA” podstansiyasiga kuchlanish berildi.

Kecha, 27-iyul kuni 500 kV kuchlanishli, ishchi nomi L-557 hamda L-550 bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari O‘zbekiston elektr energetika umumtizimiga ulandi.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatida barpo etilayotgan 1500 MVt quvvatli yangi IESning dastlabki quvvatlari (500 MVt) avgust oyi yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

 

Manba: https://t.me/minenergy_uz/8544

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>