OAV va jamoatchilik bilan ishlash
minenergy.uz — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” va “AzerEnergy” o‘rtasida memorandum imzolandi
  • 28.07.2023
  • 161

Ozarbayjonda safarda bo‘lgan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati “AzerEnergy” OAJning elektr stansiyalari, podstansiyalari, laboratoriya, o‘quv markazi va raqamli boshqaruv markazida bo‘lib, qator uchrashuvlarda ishtirok etdi.

“AzerEnerji” ochiq aksiyadorlik jamiyati (OAJ) Prezidenti Baba Rzayev va boshqa shaxslarning O‘zbekiston energetika tizimi rahbariyati bilan uchrashuvlarida ikki mamlakat yenergetika tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
 

 
 

Tashrif yakunlari bo‘yicha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “AzerEnergy” OAJ o‘rtasida memorandum imzolandi. Memorandumdan koʻzlangan maqsad – Ozarbayjon energetika tizimi tajribasidan foydalanish va ikki davlat oʻrtasida energetika sohasida hamkorlikni kengaytirishdan iborat.
 

 
 

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasiga elektr stansiyalari, podstansiyalar, raqamli boshqaruv tizimi va “AzerEnergy” OAJning yangi SCADA tizimi, ushbu tizimlarni qo‘llash uchun zarur bo‘lgan muhim omillar, dasturiy ta’minot, avtomatlashtirish va boshqa sohalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 

Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/3110

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>