

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali Havo tarmoqlari xizmati mutaxassislari tomonidan kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida elektr uzatish tarmoqlarida joriy ta‘mirlash ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, 35 kV kuchlanishli “To‘raqo‘rg‘on-1” elektr uzatish havo tarmog‘ida profilaktik va joriy ta‘mirlash ishlari amalga oshirildi.
Ta‘mirlash jarayonida tarmoqlarning texnik holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, uskunalarning soz va ishonchli ishlashini ta‘minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar bajarildi.
Mazkur ishlar kuz-qish mavsumida elektr uzatish tarmoqlarining barqaror ishlashini ta‘minlash hamda iste‘molchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berishga xizmat qiladi.
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali telegram kanaliga obuna bo‘ling!