
Navbatdagi “Rahbar va yoshlar" uchrashuvida Aksiyadorlik jamiyatining barcha filial va tuzilmalari yoshlari vieokonferensiya aloqasi orqali ishtirok etmoqda. Uchrashuv doimgidek ochiq muloqot ruhida davom etmoqda.

“Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 110/10 kV kuchlanishli “ARK” podstansiyasida joriy taʼmirlash-sozlash ishlari amalga oshirildi.

“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 35/10 kV kuchlanishli “Shirin” podstansiyasida reja asosida profilaktika hamda joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.

"Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli L-Amir-Temur-1 elektr uzatish havo tarmog‘ida reja asosida nazorat ko‘rigi va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Navbatdagi “Rahbar va yoshlar" uchrashuvida Aksiyadorlik jamiyatining barcha filial va tuzilmalari yoshlari videokonferensiya aloqasi orqali ishtirok etishmoqda.

“Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 35/10 kV kuchlanishli “Sidjak” podstansiyasida joriy taʼmirlash-sozlash ishlari amalga oshirildi.

Joriy yilning 7-aprel sanasida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qator tashabbuslar ilgari surildi hamda davlat tashkilot va idoralariga yoshlar bilan ishlash va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.

BO‘SH ISH O‘RNI: Transformatsiya hamda ESGni amalga oshirish loyoha ofisi mutaxassisi lavozimi.

Bugungi kunda energetika sohasida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va tezkor hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sayyor qabullar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 13-mart sanasida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtgan va unda murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan bir qator vazifalar berilgan edi.

“O’zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Qurbonov Feruz Mustafoyevich hamda “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori Rasulov Anvar G‘aniyevich

Bugun, 2026-yil 29-aprel kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.A.Nazirov magistral elektr tarmoqlarida olib borilayotgan ekspluatatsiyaga oid jarayonlar bilan bevosita tanishish maqsadida 220 kV kuchlanishli "Xakan" hamda 500 kV kuchlanishli “Lochin” podstansiyalarida bo‘ldi.

“Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 35/10 kV kuchlanishli “Ko‘k orol” podstansiyasida joriy taʼmirlash-sozlash ishlari amalga oshirildi.

So‘nggi vaqtlarda Qashqadaryo viloyatida, xususan Qarshi shahrida elektr ta’minoti tizimini mustahkamlash va mavjud quvvatlarni kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

“Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 110/35/6 kV kuchlanishli “Chinoz” podstansiyasida joriy taʼmirlash-sozlash ishlari amalga oshirildi.

Korrupsiya faqat pora emas! O‘tkazilgan so‘rovnomada respondentlarning yarmidan ko‘pi (52%) mansab vakolatlarini shaxsiy maqsadlarda qo‘llashni “Korrupsiya” deb bilishini aytdi. Eʼtiborlisi shundaki, odamlar nafaqat pul bilan bog‘liq jinoyatlarni, balki tanish-bilishchilik (26%) va urug‘-aymoqchilik (23%) kabi ijtimoiy munosabatlarni ham Korrupsiya elementlari sifatida qayd etishgan.

Aksiyadorlik jamiyatining Muvofiqlik tizimi (komplayns) xizmati tomonidan, Axborot xizmati ko‘magida, faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashda tashkilot ishchi-xodimlarining huquqiy savodxonligini yuksaltirish, OAV hamda jamoatchilik oldida hisobdorlikni oshirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bugun, 2026-yil 29-aprel kuni soat 15:00 dan 15:30 gacha «O‘zbekiston MET» AJ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Komissiya) chuqur kasbiy bilim, yuksak intellektual qobiliyat va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan xodimlarning o‘sishi, kadrlarning qo‘nimsizligini oldini olish hamda salohiyatli, shu bilan birga, mehnat samaradorligi yuqori bo‘lgan xodimlarni bir nechta daraja yuqori lavozimga o'tkazish yuzasidan suhbat o‘tkazdi.

Abdumalik Abdusalimovich 1984-yilda Toshkent viloyatining Piskent tumanida tug‘ilgan. U 2005- yilda Toshkent davlat texnika universitetining kunduzgi bo‘limi tahsil olgan, 2007-yilda esa magistr ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bitiruvchisi.
A.A.Nazirov o‘z mehnat faoliyatini 2002-yilda “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Piskent tumani elektr ta'minoti korxonasida nazoratchi, elektromontyor vazifalaridan boshlagan. Oliy ma'lumot sohibi bo‘lganidan so‘ng, 2006-yildan Markaziy magistral elektr tarmoqlarida elektromontyor, muhandis lavozimlarida ishlagan.
2009–2014-yillar oralig‘ida “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Energiya sotish xizmati guruh rahbari, 2014–2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi, 2016–2018-yillarda “O‘zbekenergo” DAK “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Moliya-iqtisod va energosotish masalalari bo‘yicha direktori, 2018–2019-yillarda “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining Energiya rejimi va yo‘qotishlar nazorati bo‘limi boshlig‘i, 2019-yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2022-yil O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Elektr tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Abdumalik Abdusalimovich «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat faoliyati yuritgan.
Nazirov Abdumalik Abdusalimovich ayni paytda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Hurmatli isteʼmolchilar, eng avvalo, energiya resurslarini tejash, ulardan oqilona foydalanish — bu xonadonimizdagi elektr uskuna va jihozlardan foydalanmaslik evaziga bo‘lmasligini tushunib olishimiz shart. Demak, biz foydalanish jarayonida behuda ishlatmasak va/yoki kam energiya evaziga ko‘proq foydali ishga erishsak, ayni kunlarda ko‘p marotaba aytib kelinayotgan tushuncha — energiya tejamkorligi va samaradorligiga erishamiz.