

Aksiyadorlik jamiyatining Muvofiqlik tizimi (komplayns) xizmati tomonidan, Axborot xizmati ko‘magida, faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashda tashkilot ishchi-xodimlarining huquqiy savodxonligini yuksaltirish, OAV hamda jamoatchilik oldida hisobdorlikni oshirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Buning uchun Telegram mesenjerida «IJTIMOIY SO‘ROV—"O‘zbekiston MET" AJ» — @ijtimoiysorovuzb telegram kanali ochilib, unda turli mavzu va yo‘nalishlarda so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda va ularning natijalari rasmiy veb-saytning «Korrupsiyaga qarshi kurashish» rukni — https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/55, shuningdek fuqarolar bilan bevosita aloqa boti mavjud bo‘lgan "Korrupsiyaga қарши курашиш — «O‘zbekiston MET» AJ" — https://t.me/+qCweNscaSEhlNGM6 muloqot kanali orqali eʼlon qilib borilmoqda.
Eʼtiboringizga Muvofiqlik tizimi (komplayns) xizmatining ochiqlik natijalariga oid tahliliy va xulosaviy hujjatini taqdim etamiz.
Ochiqlik siyosatiga oid so‘rovnoma natijalari (pdf)
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati