

So‘nggi vaqtlarda Qashqadaryo viloyatida, xususan Qarshi shahrida elektr ta’minoti tizimini mustahkamlash va mavjud quvvatlarni kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 110/10 kV kuchlanishli “Otchopar” podstansiyasida qo‘shimcha ravishda 10 MVA quvvatga ega ikkinchi transformator o‘rnatildi.
⚡️ Amalga oshirilgan ushbu ishlar natijasida:
♦ iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash ishonchliligi oshadi;
♦ yuklamalar muvozanati yaxshilanadi;
♦ yangi iste’molchilarni ulash imkoniyati kengayadi.
Mazkur yangilanishlar hududda elektr ta’minoti sifatini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat
❗️"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI