2022-yil davomida respublika bo‘yicha jami 2.965 ta jinoyat ishi bo‘yicha 3.116 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash USLUBIYOTI «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha NIZOM «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish REGLAMENTI
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning uzbekistonmet.uz rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizda “Korrupsiyaga qarshi kurashish — O’zbekiston MET» AJ” nomli rukn va sahifalar ochilganini ma'lum qilamiz.
Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.
Bunda, Adliya vazirligi tizimidagi shu jumladan, adliya boshqarmalari, notarial idoralar, davlat xizmatlari markazlari, yuridik ta'lim muassasalaridagi korrupsiya ko‘rinishi haqidagi ma'lumotlarni telegramdagi @antikorbot boti orqali yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platforma orqali yuborish mumkin.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
uzbekistonmet.uz: “Ўзбекистон миллий электр тармоқлари” акциядорлик жамияти “Коррупцияга қарши курашиш менежмент тизими” бўйича ISO 37001:2016 халқаро стандарт сертификатини қўлга киритди
Bugun «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ majlislar zalida Aksiyadorlik jamiyati «Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi» bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini qo‘lga kiritgani munosabati bilan xalqaro sertifikatni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2021-yilning 30-iyun kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ majlislar zalida Aksiyadorlik jamiyati “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini qo‘lga kiritgani munosabati bilan sertifikatni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “SeRT International” s.r.o. O‘zbekistondagi vakili Marat Xabibulin “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi barcha xodimlarni ulkan yutuq — ISO sertifikatini olgani bilan muborakbod etdi.
Yodingizda bo'lsa, 2021-yilning fevral oyida "O'zbekiston MET" AJ ISO 9001 xalqaro standartining sifat sertifikatini olishga muvaffaq bo'lgan edi.
Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki hamda Angliyaning «Good corporation» kompaniyasi tavsiyasiga asosan «INVESTMENT AND SAPITAL MANAGEMENT» mas'uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorligida 2020-yilning oktyabr oyidan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining markaziy boshqaruv apparati hamda hududiy filiallarida (Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida) «Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi» mavzusida seminar-treninglar o‘tkazilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Mamlakatimiz ham muammodan xalos bo‘lmagan. Dunyodagi korrupsiya darajasini o‘rganuvchi Transparency International xalqaro tashkiloti indeksida O‘zbekiston oxirgi uch yilda 12 pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, hali bu illat barham topmagan. Yurtdoshlarimizning fikricha, sog‘liqni saqlash, ta'lim, bank, bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar, kommunal xizmat sohalarida, shuningdek, fuqarolarni ishga qabul qilishda korrupsiya keng tarqalgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-fevral kuni korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qonun ustuvorligini taʼminlash va korrupsiyaga qarshi qatʼiy kurashish boʻyicha muhim takliflarni ilgari surdi:
O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2019-yil 27-maydagi 5729-sonli «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati majlislar zalida «Korrupsiyaga qarshi kurash, biznes etika va shaffoflik» mavzusida video-seminar o‘tkazildi.