Korrupsiyaga qarshi kurashish
Onlayn seminar bo'lib o'tdi
  • 22.01.2025
  • 17

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022-yildagi PQ-240-son qarorining 1-bandiga muvofiq, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

“Davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash” Uslubiyotining (31.08.2022-yilda 3383-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) 4-bandiga asosan, davlat tashkilotlari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash har yili 1-martga qadar amalga oshirilishi belgilangan.

Yuqoridagilarga asosan, joriy yilning 21-yanvar kuni soat 15-00 da Agentlik tomonidan Zoom platformasida onlayn seminar o‘tkazilib ushbu seminarda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning Muvofiqlik tizimi komplayens xizmati boshlig‘i A. Raxmonov qatnashdi.

Seminar davomida “E-anticor.uz” elektron platformasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashni amalga oshirish yuzasidan tushuntirish berilib, tashkilotlar mas’ul xodimlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>