“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PQ-4249-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Yuqoridagi Qarorga asosan, yangi tashkil etilgan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish, elektr energiyani Respublikaning magistral elektr tarmoqlari orqali yetkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish asosiy faoliyat turlari hisoblanadi.
Bugungi kunda “O‘zbekiston MET” AJ tarkibida 14 ta hududiy magistral elektr tarmoqlari, markaziy rele himoyasi va avtomatika xizmati, loyihalashtiruvchi, qurilish va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi funksional filiallar mavjud. Jamiyatga qarashli 90 ta podstansiya va 12 250km dan ortiq 220-500 kVli magistral havo elektr uzatish liniyalari mavjud. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati va tarkibidagi tuzilma hamda filiallarda jami bo‘lib 4300 nafardan ziyod mutaxassis-xodimlar mehnat faoliyati olib bormoqda.
Buning natijasida mahsulotning xomashyodan xaridorgacha bo‘lgan barcha jarayonlarini doimiy nazorat va tahlil qilish imkoniyati yaratildi.
2024-yil yakunlari bo‘yicha 2024-yildagi davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurash reytingi e’lon qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yicha 103 ta davlat tashkilotining (jumladan, 14 tasi ilk marotaba, 89 tasi esa takroran) 2024-yildagi faoliyati 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholashdan o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, “O‘zbekiston MET” AJ faoliyati samaradorligiga 71 (qoniqarli) ball berildi. 2023-yilga nisbatan bu yil reyting natijalari 11 ballga yaxshilandi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati