Yangiliklar
«OZODLIK» PODSTANSIYASI HUDUDIDA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILDI

Mashqda qiyin bo‘lsa, jangda oson bo‘ladi, degan iborani eshitganmisiz? Haq gap! Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilishga tayyorgarlik ko‘rishda o‘quv mashqlarining o‘rni beqiyos. Zero, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish borasidagi bilim-ko‘nikmalarga egalik — talafotning yarimini asrab qolish garovidir.

  • 04.03.2020
  • 968
OTALIQDAGI MAKTAB JAMOASI «O‘ZBEKISTON MET» AJ MA'MURIYATI VA ISHCHI-XODIMLARIGA MINNATDORLIK IZHOR ETISHDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2019-yil 23-avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 34-sonli yig‘ilish bayonining 8-bandiga muvofiq vazirlik va idora rahbarlari bittadan maktabni otaliqqa olish to‘g‘risidagi topshiriq berilgan edi. Shuningdek, ushbu majlisda har bir vazirlik va idora-tashkilot rahbarlari o‘zi o‘qigan maktab kutubxonalariga kitoblar sovg‘a qilishi, maktab o‘quvchilariga mahorat darslari o‘tib berishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgandi.

  • 02.03.2020
  • 915
XALQARO EKSPERT «O‘ZBEKISTON MET» AJ FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN BESHTA MUHIM YO‘NALISH BO‘YICHA O‘Z TAKLIFLARINI BILDIRDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi «O‘zbekiston Respublikasi elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi PQ-4249-sonli qarorida belgilab berilgan vazifalarni bajarish maqsadida «O‘zbekiston MET» AJ ma'muriyati Jahon banki ishtirokida xalqaro ekspert, Gruziya fuqarosi Sulxan Zumburidzeni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining maslahatchisi sifatida qisqa muddatli ish faoliyatiga jalb qilgan edi.

  • 27.02.2020
  • 986
DILSHOD SAIDJANOV: «DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARI FAOLIYATI OCHIQLIGINI TA'MINLASHDA AXBOROT XIZMATLARI FAOLIYATI MUHIM AHAMIYAT KASB ETMOQDA»

Bundan bir necha hafta muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan Buyuk Britaniya hukumati hamkorligida mamlakatimizdagi vazirlik va idoralarda mehnat faoliyatini olib borayotgan matbuot kotiblari tajribasini oshirishga qaratilgan amaliy seminar va davra suhbatlari tashkil etilgan edi.

  • 25.02.2020
  • 860
«TURKMENENERGO» DAVLAT ELEKTR ENERGETIKA KORPORATSIYASINING O‘ZBEKISTONGA EKSPORT AMALIYOTI TO‘LIQ HAJMDA TIKLANDI

Avval xabar berganimizdek, bugun, 2020-yil 21-fevral kuni soat 6:45da Turkmaniston energetika tizimiga tegishli «Mari issiqlik stansiyasi» va «Serdar» podstansiyalari oralig‘idagi 500 kVli L-511 havo tarmog‘i favqulotda o‘chishi oqibatida Turkmanistondan yetkazib berilayotgan elektr energiyasi 780 MVtdan 60 MVtgacha kamaygan edi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston energetika tizimida 600 MVt quvvat darajasida cheklovlar kiritilishiga sabab bo‘lgan edi.

  • 21.02.2020
  • 1176
«TURKMENENERGO» DAVLAT ELEKTR ENERGETIKA KORPORATSIYASINING EKSPORT AMALIYOTIDA VAQTINCHA NOSOZLIK HOLATI YUZAGA KELDI

Ko‘pchilikka ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati 2019-yilning 1-dekabr sanasidan buyon «Turkmenenergo» davlat elektr energetika korporatsiyasidan elektr energiyasi importi amaliyotini amalga oshirib kelmoqda. Bugun, 2020-yil 21-fevral kuni soat 6:45da Turkmaniston energetika tizimiga tegishli «Mari issiqlik stansiyasi» va «Serdar» podstansiyalari oralig‘idagi 500 kVli L-511 havo tarmog‘i favqulotda o‘chdi. Natijada Turkmanistondan yetkazib berilayotgan elektr energiyasi 780 MVtdan 60 MVtgacha kamaydi.

  • 21.02.2020
  • 1635
ENERGETIKA SOHASI MUTAXASSISLARIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH MUASSASASIDA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Yaqinda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi Tibbiy-sanitariya qismi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Kengash a'zolari bilan birgalikda «Yoshlarning muammolari va ularning yechimlari» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

  • 19.02.2020
  • 681
23 DAQIQA DAVOM ETGAN IMPORT AMALIYOTIDAGI QUVVAT KAMAYISHI BARTARAF ETILDI

Ko‘pchilikka ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati 2019-yilning 1-dekabr sanasidan buyon «Turkmenenergo» davlat elektr energetika korporatsiyasidan import amaliyoti amalga oshirilmoqda.

  • 17.02.2020
  • 630
«BOBURNOMA»DA ALISHER NAVOIY HAQIDAGI MA'LUMOTLAR

Ko‘pchilikka ma'lumki, buyuk bobokalonlarimiz Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur 42 yil farqi bilan bir-biriga zamondosh hisoblanadi. «Boburnoma» asarida 1551 kishining ism-shariflari tilga olingan. Ular ichida juda ko‘p tarixiy shaxslar — temuriy hukmdorlar, harbiy amaldorlar, ilm-fan va san'at namoyandalarining tarjimai hollaridan qisqa satrlarda, faoliyatlari bayonida zikr etilgan.

  • 14.02.2020
  • 9120
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALIDA HASHAR UYUSHTIRILIB, YOSHLAR O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Barchamizga ma'lumki, davlatimiz tomonidan yoshlar masalasiga alohida e'tibor berilmoqda. Yosh kadrlarda vatanparvarlik, yurtga sodiqlik hamda fidoyilik tuyg‘ulari o‘z kasbiga, oilasiga, yaqinlariga mehr-sadoqatdan boshlanadi. Bunday ulug‘ tuyg‘u va tushunchalarning shakllanishida halol va samarali mehnat faoliyatining ahamiyati beqiyos. Zero, mehnat insonni ulug‘laydi, bilim-tajriba orttirishga sababchi bo‘ladi, hayotning turli sinovlariga bardoshli qilib tarbiyalaydi.

  • 13.02.2020
  • 1008
FARG‘ONALIK ENERGETIKLAR JAMIYAT TASARRUFIDAGI TIBBIYOT MUASSASALARI BILAN HAMKORLIKDA MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZISHDI

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Xoliq Elmurodov tomonidan berilgan topshiriq asosida ishlab chiqilgan ish rejasiga muvofiq «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filialida «Jarohatlanishlarning oldini olish va jarohatlanganda birinchi yordam ko‘rsatish» mavzusi bo‘yicha bir nechta obyektlarda o‘quv seminarlari, amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda «Nurafshon» sihatgohi hamda «Namangan tibbiy sanitariya qismi» shifokorlari faol ishtirok etishdi.

  • 13.02.2020
  • 731
Shavkat Mirziyoyev: «Korrupsiya — iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy to‘siqlardan biri»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 11-fevral kuni korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Korrupsiya iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy to‘siqlardan biridir. Tahlillarga ko‘ra, bu illat jahon iqtisodiyotiga har yili o‘rtacha 2,6 trillion dollar zarar keltiradi.

  • 11.02.2020
  • 848
FARG‘ONA VILOYATIDAGI «SOKIN» PODSTANSIYASIDA AVTOTRANSFORMATORNI YUQORI QUVVATLISIGA ALMASHTIRISH AMALIYOTI YAKUNLANDI

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahridagi Arsif QFY hududida joylashgan «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tasaruffidagi 220/110/10 kVli «Sokin» podstansiyasida o‘rnatilgan AT-2-125000 kVA quvvatga ega avtotransformatorini «Jahon Banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish» nomli investitsiya loyihasi doirasida quvvati 200000 kVAli yangi hamda zamonaviy avtotransformatorga almashtirish, shu bilan birga, zamonaviy mikroprotsessorli rele himoya jihozlari bilan ta'minlash ishlari yakunlandi.

  • 10.02.2020
  • 1105
2019-YIL SARHISOBI: «JAMIYAT FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI — TARAQQIYOT SARI ODIMLASHDAGI ISHONCHLI QADAMLARGA TENG»

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati va uning quyi tizimlarida 11 ta oliy ma'lumotli va 2 ta o‘rta maxsus ma'lumotga ega jami, 13 ta yuriskonsultlar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori orqali davlat tashkilotlari yuridik xizmati uchun belgilangan vazifalar bajarib kelinmoqda.

  • 05.02.2020
  • 1061
2019-yil sarhisobi: «Ma'nan va jismonan eskirgan elektr uskunalari yuqori quvvatli yangi uskunalarga almashtirilmoqda»

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati tarkibidagi Podstansiyalardan foydalanish boshqarmasining asosiy vazifalari Jamiyat tasarrufidagi 35-500 kV kuchlanishli podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, elektr uskunalari va bino-inshootlarda joriy va mukammal ta'mirlash ishlari bajarilishini tashkillashtirish va nazoratini olib borish, texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va nazorat qilish, podstansiyalarda ekspluatatsiya qilinayotgan elektr uskunalarini rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash, podstansiyalarning estetik holatini talab darajasida saqlash, ishonchliligini oshirish va barqaror ishlashini ta'minlash bo‘yicha amaliy ishlarni olib borishdan iborat.

  • 03.02.2020
  • 1309
2019-yil sarhisobi: «Kredit mablag‘lari o‘z vaqtida so‘ndirilib, penya va yuqorilovchi foizlar mablag‘lari iqtisod qilindi»

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati tarkibidagi Moliyaviy menejment, biznes etika va shaffoflik bo‘limi o‘z nomiga xos va mos faoliyat, ya'ni moliyaviy jarayonlarning shaffofligini ta'minlash, biznes etika qoidalarini joriy etishda ishtirok etish hamda Jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy va moliyaviy yo‘nalishdagi ish faoliyatida ochiqlik-shaffoflik tamoyillarini qo‘llagan holda korrupsiyaga qarshi kurashish kabi vazifalar bilan shug‘ullanadi. Ayni paytda bo‘lim tarkibida 2 nafar mutaxassis xodim mehnat faoliyati olib bormoqda.

  • 03.02.2020
  • 1131
2019-yil sarhisobi: «Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi — adolatli mehnat sharoiti va ishsizlikdan himoya garovi»

Ko‘pchilikka ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27 martdagi PQ-4249-sonli qaroriga asosan «O‘zbekenergo» AJ, «Energosotish» filiali va «O‘zelektrtarmoq» UK negizida o‘z faoliyatini boshladi.

  • 03.02.2020
  • 1367
2019-yil sarhisobi: «Elektr energetika tizimining barqarorligi — iste'molchilar ishonchli elektr ta'minotining garovidir»

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Milliy dispetcherlik markazi O‘zbekiston Respublikasi yagona elektr energetikasi tizimining elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash rejimlarida uzluksiz tezkor-dispetcherlik boshqaruvini amalga oshiradi, shuningdek, yagona elektr energetikasi tizimining boshqa davlatlar elektr energetikasi tizimlari bilan hamkorligini ta'minlaydi.

  • 03.02.2020
  • 1739
«DENOV» PODSTANSIYASIDAGI TRANSFORMATORNI KATTA QUVVATLISIGA ALMASHTIRISH ISHLARI YAKUNLANDI

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Surxondaryo MET» filiali tasarrufidagi 220/35/6 kVli «Denov» podstansiyasida quvvati 40000 kVA bo‘lgan, 1965-yilda Tolyati transformator zavodida ishlab chiqarilgan T-2 kuch transformatorini yangi 63000 kVA quvvatli kuch transformatorga almashtirish ishlari 25-yanvardan 4-fevralgacha davom etishi belgilangan edi.

  • 01.02.2020
  • 816
2019-YIL SARHISOBI: «2030-YILGA QADAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARINI STRATEGIK RIVOJLANTIRISH INVESTITSION LOYIHALARI BELGILAB OLINGAN»

Barchamizga ma'lumki, mamlakatimizda o‘tgan 2019-yil «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish-yili» deb e'lon qilingan edi. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2019-yilda investitsiya loyihalarini amalga oshirish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish va soddalashtirish, aniqrog‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirishni kengaytirish orqali elektr energiya iste'molchilarini hamda sanoat korxonalarini kafolatlangan elektr energiyasi bilan ta'minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

  • 31.01.2020
  • 1481
>