Yangiliklar
uzbekistonmet.uz: YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI TAVSIYASIGA BINOAN «YOSHLAR SIYOSATI» RUKNI TASHKIL ETILDI

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tavsiyasiga binoan uzbekistonmet.uz veb-saytidagi «YOSHLAR ITTIFOQI» rukni nomini «YOSHLAR SIYOSATI» deb qayta nomladi.

  • 19.08.2020
  • 1577
uzbekistonmet.uz: ENG KO‘P O‘QILGAN 5 TA MAQOLA

Ko‘pchilikka ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy telegram kanali 2019-yil avgust oyida o‘z faoliyatini boshlagan edi. Qariyb bir yil davomida rasmiy kanal orqali jamoatchilikka 100 ga yaqin tahliliy maqolalar, 50 dan ziyod rasmiy bayonot, 2000 dan ziyod fotosurat va fotokollajlar, 600 ga yaqin videomateriallar, 3000 ga yaqin uzbekistonmet.uz veb-sayti va boshqa muhim xabar-yangiliklarga havolalar berilgan bo‘lib, rasmiy kanal yuzlab mahalliy internet nashrlari ichida o‘zining munosib o‘rnini topmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

  • 18.08.2020
  • 1143
AVTOTRANSPORT VA MEXANIZMLAR XIZMATI: 16 TA YANGI AVTOTRANSPORT VOSITALARI XARID QILINDI

Yo‘llar iqtisodiyotning qon tomirlari, degan jumlani eshitganmisiz? Agar iqtisodiyotni xarakatga keltiruvchi kuch shartli ravishda ishlab chiqarish, ya'ni mahsulot va xizmat ko‘rsatish turlarining soni va sifati bo‘lsa, shubhasiz ularni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish jarayonida avtotransport xizmatining ahamiyati naqadar muhimligini payqaymiz...

  • 17.08.2020
  • 1042
INVESTITSIYALARNI JALB QILISH VA INVESTITSION LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH BOSHQARMASI: 2030-YILGA QADAR 24 TA LOYIHA AMALGA OSHIRILADI

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan bugungi kunda investitsiya loyihalarini amalga oshirish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish va soddalashtirish, aniqrog‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirishni kengaytirish orqali elektr energiya iste'molchilarini hamda sanoat korxonalarini kafolatlangan elektr energiyasi bilan ta'minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

  • 14.08.2020
  • 2299
YOSH ENERGETIKLAR: BUGUN XALQARO YOSHLAR KUNI

Yodingizda bo‘lsa, 2019-yil 27-dekabrda kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat yoshlari bilan videoselektor tarzida o‘tkazilgan uchrashuvida davlat va jamoat tashkilotlari tizimida mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etish va ularning muammolarini o‘rganish hamda yoshlar muammolarini hal etish bo‘yicha bir qator topshiriq va ko‘rsatmalar berilgan edi.

  • 12.08.2020
  • 900
«NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI: TARAQQIYOTNI ENERGIYA RESURSLARISIZ TASAVVUR ETISH MUMKIN EMAS

«O‘zbekiston MET» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan o‘tkazilgan «Xavfsizlik texnikasi» ko‘rik oyligi hamda 2020–2021-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan bajarilgan ishlari to‘g‘risida tayyorlangan lavhani e'tiboringizga havola etamiz.

  • 10.08.2020
  • 720
TOSHKENT TIBBIY-SANITARIYA QISMI: ENERGETIKLAR HAMDA AHOLI VAKILLARI UCHUN ZAMONAVIY TIBBIY XIZMATLAR KO‘RSATILMOQDA

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi Toshkent tibbiy-sanitariya qismi faoliyati haqida qisqacha ma'lumot, bajarilgan ishlar va istiqboldagi rejalar xususida Ma'lumki, «O‘zbekiston MET» AJning texnik-muhandislik hamda qurilish-motaj yo‘nalishiga ixtisoslashgan hududiy filiallari qatorida bir nechta ijtimoiy soha obyektlari, aniqrog‘i tibbiy-sanitariya, sport-sog‘lomlashtirish va dam olish maskanlari ham faoliyat yuritmoqda.

  • 07.08.2020
  • 1260
uzbekistonmet.uz: PREZIDENT QARORLARIGA MUVOFIQ DAVLAT XARIDLARI SHAFFOFLIGI TA’MINLANIB, SHARTNOMAVIY KELISHUVLAR SAMARADORLIGI OSHIRILMOQDA

Ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati strategik ahamiyatga ega korxonalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, davlat xaridlari tizimining shaffofligi va xo‘jalik mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta'minlashi, davlat xaridlaridan foydalanishning samaradorligini oshirishga mas'ul xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi.

  • 05.08.2020
  • 1012
TOSHKENT VILOYATI QUYICHIRCHIQ TUMANIDA ENERGIYATEJAMKOR ELEKTR STANSIYASI QURILADI

2020-yil 29-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida elektr energiyasi ta'minoti barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4791-sonli qarori qabul qilindi.

  • 03.08.2020
  • 1688
MUBORAK AYYOM QUTLOVI

Aziz jamoadoshlar, hurmatli hamkasblar! Bu qutlug‘ ayyomda hammamiz, avvalo, shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Alloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz. Oila, mahalla va jamiyat ahliga mehr va e'tibor ko‘rsatish, ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand kishilarga beg‘araz yordam berish, yaxshilik, sabru qanoat kabi ezgu fazilatlarni o‘zida mujassam etgan bu bayramning ma'no-mohiyati bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga g‘oyat uyg‘un va hamohangdir.

  • 30.07.2020
  • 631
O‘ZBEKISTONDA ELEKTR ENERGIYASI BARQAROR TA'MINLANMOQDA

RASMIY BAYONOT: O‘ZBEKISTONDA ELEKTR ENERGIYASI TANQISLIGI MAVJUD EMAS Axborot xizmati Markaziy dispetcherlik xizmati ma'lumotlariga tayanib shuni ma'lum qiladiki, ayni paytda 500 kVli Qorako‘l–Serdar hamda 110 kVli Dashovuz–Shovot havo tarmoqlari orqali Turkmanistondan O‘zbekistonga 400–430 MVt quvvat yetkazib berilmoqda. Bu O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi miqdoriga nisbatan, e'tibor bering, 4.0–4.5 % ni tashkil etadi. Iste'molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasining asosiy qismi mamlakatimizda mavjud issiqlik elektr hamda gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilmoqda.

  • 29.07.2020
  • 655
JO‘RABEK MIRZAMAHMUDOV BILAN SUHBAT: ATOM ELEKTR STANSIYASI NIMA UCHUN KERAK?

E'tiboringizga O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi o‘rinbosari, «O‘zatom» agentligi bosh direktori Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudovning «Hoshimov iqtisodiyoti» kanali blogeri Behzod Hoshimov bilan suhbatini havola etamiz.

  • 28.07.2020
  • 940
DAM OLISH KUNLARI ELEKTR TA'MINOTIGA CHEKLOVLAR KIRITILMADI. TURKMANISTONDAN ELEKTR ENERGIYASI IMPORT HAJMI OSHIRILDI

Avval xabar berganimizdek, elektr energiyasiga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshishi natijasida iste'mol darajasining keskin ko‘tarilishi, O‘zbekiston gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarish hajmi suv resurslari tanqisligi tufayli sezilarli darajada kamaygani, bundan tashqari, Tojikiston Respublikasidan qabul qilinayotgan import amaliyotining keskin kamayishi (Tojikiston gidroelektr stansiyalari suv omborlaridagi suv sathini kamayishi oqibatida) sababli elektr ta'minoti tizimiga 0,8-1,0 foiz miqdorida cheklovlar kiritilayotgani, biroq bu jarayon issiqlik elektr stansiyalari ish hajmining oshirilishi evaziga bartaraf etilayotgani haqida rasmiy bayonot berilgan ed

  • 27.07.2020
  • 826
ELEKTR TA'MINOTIDAGI CHEKLOVLAR TEZ ORADA BARTARAF ETILADI

Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati tomonidan Markaziy dispetcherlik xizmati ma'lumotlariga tayanib «RASMIY BAYONOT: TA'SIR ETUVCHI BIR NECHTA OMILLAR SABABLI ELEKTR TA'MINOTI TIZIMIGA 0,8–1,0 % MIQDORDA CHEKLOVLAR KIRITILMOQDA» nomli xabar e'lon qilingan edi.

  • 26.07.2020
  • 1367
RASMIY BAYONOT: TA'SIR ETUVCHI BIR NECHTA OMILLAR SABABLI ELEKTR TA'MINOTI TIZIMIGA 0,8–1,0 % MIQDORDA CHEKLOVLAR KIRITILMOQDA

Elektr energiyasiga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshayotgan so‘nggi kunlarda, ya'ni joriy yil 21-iyul kunidan boshlab, energotizimda ishlab chiqarilayotgan va iste'mol etilayotgan elektr energiyasi orasida nomutanosiblik vujudga kelib, natijada energotizimdagi yirik avariyaviy holatlarning oldini olish va uning barqaror ishlashini ta'minlash (energotizim parametr ko‘rsatkichlarini me'yor darajasida saqlash) maqsadida respublika iste'molchilariga cheklovlar kiritilmoqda.

  • 24.07.2020
  • 970
«YASHIL ENERGIYA» SALMOG‘INING OSHIB BORISHI: ELEKTR TA'MINOTI BARQARORLIGIGA HISSA, YANGI ISH O‘RINLARI, ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR, EKOLOGIK BA'ZI MUAMMOLARGA YECHIM

Avval xabar berilganidek, 2019-yil 13-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ishtirokida (yagona xaridor sifatida) va Fransiyaning «Total Eren» kompaniyalari o‘rtasida umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi qurish va ekspluatatsiya qilish yuzasidan investitsion kelishuv imzolangan edi.

  • 23.07.2020
  • 1182
«ENERGIYADAN OQILONA FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA»GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITILDI

O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan «Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi 412-I-sonli Qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlar Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 1-mayda qabul qilingan bo‘lib, Senat tomonidan 2020-yil 19-iyunda ma'qullangan. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2020-yil 14-iyul sanasida ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalarni O‘RQ-628-son bilan imzoladi, Qonun rasman e'lon qilindi va e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

  • 22.07.2020
  • 3221
PANDEMIYA SHAROITIDA YASHASH VA ISHLASHGA MAJBURMIZ

Muhtaram jamoadoshlar, Jamiyatimiz ishchi-xodimlari! Yurtimizdagi bugungi sharoit barchamizga kundek ayon. Butun dunyo aholisini sarosimaga solib turgan koronavirus balosi, afsuski, bizning hududimizni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. Kun sayin bu ofatga yo‘liqqan bemorlar safi kengayib bormoqda. Shuning barobarida, ming afsus, aholi o‘rtasidagi yo‘qotishlar ham talaygina.

  • 11.07.2020
  • 999
KABEL KANALLARINING BETON QOPQOQLARI — TEMIR-BETON MAHSULOTLARINI TAYYORLASH JARAYONI

Xabaringiz bor, avvalroq «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi podstansiyalarda amalga oshirilayotgan mavsumiy tayyorgarlik ishlari haqida ma'lumot taqdim etgandik.

  • 10.07.2020
  • 888
«SURXONDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI: SURXONDARYO VILOYATIDA OLIB BORILAYOTGAN INVESTITSIYA LOYIHALARI HISOBOTI

Ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati yuqori kuchlanishli elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalardan taqsimlovchi hududiy korxonalarga transportirovka qilish, elektr energiyasi umumtizimida barqarorlikni ta'minlash, shu bilan birga, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi.

  • 10.07.2020
  • 1445
>