Yangiliklar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI NUTQI

O‘qituvchi va murabbiylar – yangi O‘zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Qadrli muallimlar! Muhtaram ustozlar! Bugun siz, azizlar bilan 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami arafasida uchrashib turganimdan baxtiyorman.

  • 01.10.2020
  • 1461
FM.87.9 — «O‘ZBEKISTON–24» RADIOKANALI DASTURIDA «YASHIL ENERGIYA»: INVESTITSION LOYIHALAR, RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR, YANGI ISH O‘RINLARI, EKOTIZIM BARQARORLIGI, DAVR TALABI MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

Dasturda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qancha ulushi qayta tiklanuvchi energiya manbalariga xos ekanligi, quyosh fotoelektr va shamol generatorlari stansiyalarini qurish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, investitsion loyihalar, loyihalarning hududlar kesimidagi qamrovi, muqobil energiya manbalarining yangi turdagi stansiyalari qachon foydalanishga topshirilishi xususidagi ma'lumotlar, shuningdek, «yashil energiya»ning ahamiyati, foydali va murakkab tomonlari, ekotizmga ijobiy ta'siri, istiqboldagi rejalar, energiya tejamkorligi va samaradorligi masalalari haqida davra suhbati uyushtirildi.

  • 30.09.2020
  • 553
«YASHIL ENERGIYA»: INVESTITSION LOYIHALAR, RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR, YANGI ISH O‘RINLARI, EKOTIZIM BARQARORLIGI, DAVR TALABI

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati: elektr energetika tarmog‘ida qayta tiklanuvchi energiya manbalari salmog‘ini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, muqobil energiya manbalari tarmog‘i rivojining ahamiyati xususida batafsil ma'lumot.

  • 29.09.2020
  • 6317
ENERGETIKA SOHASIDAGI O‘ZBEKISTON–TOJIKISTON HAMKORLIGI HAR IKKI DAVLAT VA MARKAZIY OSIYO TARAQQIYOTI UCHUN XIZMAT QILADI

Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar bilan chegaradosh bo‘lgan yagona davlat qaysi ekanligini bilasizmi? Albatta, O‘zbekiston! Shuning uchun mintaqada uning mavqeyi o‘zgacha. Mamlakatimizdagi taraqqiyot nafaqat Vatanimizning ravnaqi, xalqimiz farovonligi uchun, balki butun Markaziy Osiyo uchun ham muhim ahamiyat kasb etgan. Bejiz emaski, geografik, demografik va iqtisodiy salohiyati bilan O‘zbekiston «Markaziy Osiyoning yuragi» deb tan olingan.

  • 24.09.2020
  • 1331
SALOMATLIK BO‘LSA, ISHDA UNUM BO‘LADI

Bugun dunyo hamjamiyatini birdek xavotirga solib, yakdillik bilan harakat qilishga chorlayotgan koronavirus infeksiyasining sovuq shamoli, ming afsuski, Vatanimizni ham chetlab o‘tmadi. Biroq kasallik kirib kelishining ilk pallasidanoq uning keng tarqalishining oldini olish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yildi.

  • 22.09.2020
  • 1153
2020–2021-YIL KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: «NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI HISOBOTI

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tarkibidagi «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filialining elektr energiyasi ta'minotida o‘tkazish quvvati 1175 MVA bo‘lgan 3 dona yuqori kuchlanishli podstansiyalar mavjud. Bular 220 kVli «Sardor», «Obi-Hayot» va «Qizil-Rovot» podstansiyalaridir.

  • 22.09.2020
  • 888
2020–2021-YIL KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: «SURXONDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI HISOBOTI

Ayni paytda «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi tomonidan 792,41 kilometr uzunlikka ega 220–500 kVli havo elektr uzatish tarmoqlari, umumiy quvvati 2090,433 ming kVA bo‘lgan jami 5 ta 500–220 kVli podstansiyalarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ekspluatatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

  • 16.09.2020
  • 1088
PRESIDENT.UZ: ENERGIYA RESURSLARINI HISOBGA OLISH VA NAZORAT QILISH BO‘YICHA YAXLIT ONLAYN TIZIM YARATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-sentabr kuni elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish hamda nazorat qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

  • 15.09.2020
  • 687
«AXBOROT-24» DASTURI: «XORAZM» PODSTANSIYADAGI MODERNIZATSIYA DASTURI HAMDA TAXIATOSHDAN SARIMOYGACHA 220 KVLI ELEKTR TARMOG‘INI QURISH INVESTITSION LOYIHASI HAQIDA

Mahalliy xomashyolarni qayta ishlash evaziga tayyor mahsulot ishlab chiqarish, ichki bozor ehtiyojini to‘ldirish bilan bir qatorda mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish imkoniyatiga ega yirik korxonalar soni va quvvatini oshib borishi — Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustivor yo‘nalishdan biri ekanligi barchamizga ma'lum.

  • 14.09.2020
  • 997
ENERGETIKLARNING FARZANDLARIGA O‘QUV QUROLLARI SOVG‘A TARZIDA TAQDIM ETILMOQDA

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mehnat faoliyati olib borayotgan ko‘p ming sonli ishchi-xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor berilmoqda.

  • 09.09.2020
  • 873
2020–2021-YIL KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: «FARG‘ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI HISOBOTI

«O‘zbekiston MET» AJ tarkibidagi «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi 2020–2021-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik maqsadida ishlab chiqilgan reja-tadbirga ko‘ra belgilangan ishlarni yakunlamoqda. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, «COVID-19» pandemiyasi asoratlari hamda joriy yil bahor-yoz oylarining iqlim injiqliklari barcha soha-tarmoqlar qatorida energetiklar uchun ham sinovli davr bo‘ldi.

  • 04.09.2020
  • 734
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING EKSPORT VA INVESTITSIYA SALOHIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISHGA OID FARMONI E'LON QILINDI

Xabaringiz bor, 2020-yil 18-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-6042-son Farmoni e'lon qilindi.

  • 02.09.2020
  • 878
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Assalomu alaykum, qadrli va muhtaram vatandoshlar! Avvalo, siz azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘qqiz yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ayni paytda ushbu tantanali marosimni joylardagi studiyalarda, shuningdek, uylarida “oynai jahon” orqali tomosha qilayotgan, mening tabrik so‘zlarimni eshitib turgan mo‘tabar otaxon va onaxonlarimizga, munis opa-singillarimizga, aziz yoshlarimizga, barcha-barcha yurtdoshlarimga o‘zimning yuksak ehtiromimni bildiraman.

  • 01.09.2020
  • 934
500 KV LI «SURXON–PULI-XUMRI» (XO‘JA-ALVON) ELEKTR TARMOG‘INI QURISH INVESTITSION LOYIHASINING QURILISH-MONTAJ ISHLARI JADALLASHTIRILADI

O‘zbekiston–Afg‘oniston munosabatlari Afg‘onistonning tarixi bevosita yurtimiz tarixi bilan bog‘liq. Tarix zarvaraqlariga razm solsangiz, Afg‘on davlatchiligi tarixi XVII asrdan boshlanganiga guvoh bo‘lasiz. Bunga qadar afg‘on diyori hududlari Turon va Eron hukmdorlari tasarrufida bo‘lgan. Xususan, arab xalifaligiga qadar goh turkiy hoqonlar, gohida esa eroniy shohlar tasarrufida bo‘lgan. Keyinroq g‘aznaviy, xorazmshohlar, mo‘g‘ullar, temuriylar, boburiylar saltanatining, Buxoro amirligining tarkibiy qismi sanalgan.

  • 31.08.2020
  • 1076
ENG ULUG‘, ENG AZIZ BAYRAM MUBORAK!

Aziz jamoadoshlar, hurmatli hamkasblar! Avvalo, siz, azizlarni, eng buyuk va eng aziz bayramimiz — Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Biz uchun yangi davr, erkin va ozod hayotni boshlab bergan shu qutlug‘ sanada xalqimiz qanday mashaqqatli va ayni vaqtda sharafli yo‘lni bosib o‘tganini barchamiz yana bir bor chuqur his qilib turibmiz.

  • 29.08.2020
  • 1016
uzbekistonmet.uz: YOSH ENERGETIKLAR ADIBLAR XIYOBONIDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi «Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 502-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi 2020-yil 28-avgust kuni 259-sonli buyruqni imzoladi. Buyruqqa ko‘ra Jamiyatning Markaziy boshqaruv apparati hamda hududiy filiallaridagi Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari o‘z ish rejalariga atoqli adib va mutafakkirlar ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda Adiblar xiyoboniga sayohat uyushtirish kabi tadbirlarni kiritib, yoshlar siyosati bo‘yicha olib borilayotgan amaliyotlar ko‘lamini birmuncha boyitishdi.

  • 29.08.2020
  • 852
INVESTITSIYA LOYIHALARI HAQIDA QISQA MA'LUMOT: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm hamda Navoiy viloyati hududlarida yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari, shuningdek Sarimoy aholi yashash punktida zamonaviy o‘chirib-yoqish punkti qurilmoqda

✅ Bugungi kunda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Osiyo Taraqqiyot Banki, Jahon banki, yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida bir nechta investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.

  • 28.08.2020
  • 661
INVESTITSIYA LOYIHALARI HAQIDA QISQA MA'LUMOT: «Toshkent metallurgiya zavodining tashqi elektr ta'minoti obyektlarini qurish» investitsion loyihasi

✅ Bugungi kunda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Osiyo Taraqqiyot Banki, Jahon Banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida bir nechta investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.

  • 27.08.2020
  • 681
BIRLASHGAN KASABA UYUSHMA QO‘MITASI: ISHCHI-XODIMLARNING FARZANDLARIGA O‘QUV QUROLLARI SOVG‘A TARZIDA TAQDIM ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — Bosh qomusimizda «Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega» deb belgilab qo‘yilgan. Oila va mahalla instituti «oliy tarbiya maktabi», deya bejiz e'tirof etilmagan. O‘zbek xalqi tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharmu hayo, mehru oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avval oilada shakllanishini ko‘ramiz. Demak, OILA atalmish institutning mukammalligi davlat va jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq.

  • 24.08.2020
  • 940
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI QARORI: SIRDARYODA BUG‘-GAZ ELEKTR STANSIYASI QURILADI

2020-yil 10-avgust kuni “Sirdaryo viloyatida quvvati 1 500 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–4799-son) qabul qilindi.

  • 20.08.2020
  • 1081
>