Yangiliklar
INVESTITSION LOYIHANING I BOSQICHI TO‘LIQ YAKUNLANIB, YANGI ELEKTR TARMOG‘I SINOVDAN MUVAFFAQIYATLI O‘TDI

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokidagi investitsion loyiha o‘z amaliyotlarini yakunlamoqda.

  • 30.12.2019
  • 812
uzbekistonmet.uz veb-sayti: MUROJAAT QILGAN EDINGIZ...

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining Axborot xizmati tomonidan «MUROJAAT QILGAN EDINGIZ...» nomli rukn tashkil etildi.

  • 26.12.2019
  • 665
Xorijiy nashrlardagi «Saylovdan so‘ng Andijonda yana chiroq o‘cha boshladi» nomli xabarlar noto‘g‘ri

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Axborot xizmati tomonidan «Andijonliklar» nomli telegram kanalida Andijon viloyatining Andijon tumani hududida joylashgan 220/110/10 kV li «Yulduz» podstansiyasida 125 000 kVA quvvatli 2-kuch transformatorini 2019-yil 24-dekabrdan 29-dekabrga qadar 200 000 kVA quvvatli kuch transformatoriga almashtirish ishlari olib borilishi haqidagi xabari o‘rganildi.

  • 25.12.2019
  • 768
MUQOBIL ENERGIYA ULUSHINI OSHIRISH — YIRIK INVESTITSIYALAR TALAB QILUVCHI BOSQICHLI JARAYON

Ko‘pchilikka ma’lumki, kuz-qish mavsumining dastlabki kunlaridanoq elektr energiya ta’minotida ayrim muammolar yuzaga keldi va bu jarayonlar media-makonda turli shikoyatlar, muhokamalar va taklif-mulohazalarga sabab bo‘ldi. «Energetik taqchillik» deya atalgan mazkur jarayon muammolarining tub sabablari, asl mohiyati haqida ma’lumotlar va tushunchalar berilganiga qaramay energetika tizimi «iste’molchi har qanday holatda ham haq» tamoyili atrofida muhokamalar markazida qolaverdi.

  • 20.12.2019
  • 1676
INVESTITSION LOYIHANING YAKUNIY BOSQICHI

Avval xabar berganimizdek, 18-dekabr kuni soat 14:09 da «O‘zbekiston-24» teleradiokanali ijodkorlari tayyorlangan «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokida amalga oshirilayotgan 220 kVli «Taxiatosh» issiqlik elektr stansiyasidan «Xorazm» podstansiyasi orqali Sarimoy aholi yashash punktigacha elektr uzatish liniyasi qurish investitsion loyihasi yakunlash bosqichiga bag‘ishlangan videolavha namoyish etildi.

  • 19.12.2019
  • 1063
«O‘ZBEKISTON 2020» TELELOYIHASI

Energetika sohasida 2019-yilda amalga oshirilgan islohotlar, shuningdek, kelgusi — 2020-yilga mo‘ljallangan istiqbolli loyihalar haqida yangi tashkil etilgan «O‘zbekiston 2020» informatsion dasturini tomosha qilishingizni tavsiya etamiz.

  • 18.12.2019
  • 802
JAHON BANKI HAMKORLIGIDA INVESTITSION LOYIHALAR DAVOM ETTIRILMOQDA

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Jahon Banki hamkorligida bir nechta investitsion loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

  • 11.12.2019
  • 796
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJda «Korrupsiyaga qarshi kurash, biznes etika va shaffoflik» mavzusida video-seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2019-yil 27-maydagi 5729-sonli «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati majlislar zalida «Korrupsiyaga qarshi kurash, biznes etika va shaffoflik» mavzusida video-seminar o‘tkazildi.

  • 09.12.2019
  • 1064
SAYLOVLARDA FAOL ISHTIROK ETISH — FUQAROLIK BURCHIMIZ!

Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar 2019-yil 22-dekabr kuni (soat 8:00 dan 22:00 ga qadar) o‘tkaziladi.

  • 09.12.2019
  • 1587
BIR MASALAGA TURLICHA YONDASHUV VA TALQIN QACHONGACHA DAVOM ETADI? yoxud elektr energiyasi importi va eksporti masalalari

Hech kimga sir emas, zamonaviy turmush tarzimizga har jihatdan ommaviy axborot vositalari va internetdagi media-makonning ta’siri yildan-yilga, kundan-kunga ortib bormoqda. Bu dunyo hamjamiyati, davlat tashkilotlari va jamoatchilik o‘rtasida uzviy aloqa o‘rnatib, mavjud muammo va yutuqlar, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘sha kuniyoq, o‘sha soatdayoq muhokama etilishiga, ma’lum ma’noda yechim topilishiga, xavfning oldi olinishiga, axborot erkinligining ochiqlik va shaffoflik tamoyillari bajarilishiga xizmat qilmoqda.

  • 05.12.2019
  • 982
«TURKMENENERGO» ELEKTR UZATISH TARMOG‘I TA’MIRLANIB, IMPORT AMALIYOTI TIKLANDI

Avval xabar berganimizdek, kecha, 2019-yil 4-dekabr kuni soat 10:53 da «Serdar» (Turkmaniston) va «Qorako‘l» (O‘zbekiston) podstansiyalarini bog‘lovchi 500 kVli havo elektr uzatish tarmog‘ida favqulotda o‘chish holati sodir bo‘lgan edi.

  • 05.12.2019
  • 827
"SERDAR" VA "QORAKO‘L" PODSTANTSIYALARINI BOG‘LOVCHI 500 KVLI "TURKMENENERGO" ELEKTR UZATISH TARMOG'IDA TUZATISH-TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Bugun, 2019-yil 4-dekabr kuni soat 10:53 da "Serdar" (Turkmaniston) va "Qorako'l" (O'zbekiston) podstantsiyalarini bog'lovchi 500 kVli havo elektr uzatish tarmog'ida vaqtincha favqulotda o'chish holati sodir bo'ldi. Ushbu magistral elektr tarmog'i orqali qo'shni Turkmaniston energetika tizimidan soatiga o'rtacha 650 MVt elektr energiyasi importi amalga oshirilmoqda edi.

  • 04.12.2019
  • 935
DISPETCHER ELEKTR TA’MINOTINI UZMASA NIMA BO‘LADI? yoxud tizimidagi yirik avariyalarning asosiy sabablari

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tasarrufida faoliyat yuritayotgan elektr energiyasi tizimiga quyidagi: 1) elektr energiyasi ishlab chiqaradigan stansiyalar («Issiqlik elektr stansiyalari» AJ va «O‘zbekgidroenergiya» AJ), 2) ularni uzatish uchun yuqori kuchlanishli magistral tarmoqlari («O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ), 3) elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlari («Hududiy elektr tarmoqlari» AJ) va nihoyat 4) elektr energiyasi iste’molchilari kiradi.

  • 26.11.2019
  • 3225
XORAZMDA INVESTITSION LOYIHANING II BOSQICH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokida 220 kVli «Taxiatosh» issiqlik elektr stansiyasidan «Xorazm» podstansiyasi orqali Sarimoy aholi yashash punktigacha elektr uzatish liniyasini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda.

  • 21.11.2019
  • 835
BUGUN O‘ZBEKISTON BO‘YLAB AYRIM HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTIDA VAQTINCHA UZILISHLAR BO‘LADI (RO‘YXAT)

E’tiboringizga «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ning rasmiy telegram kanalida e’lon qilingan (https://t.me/hetmuloqot) va daryo.uz internet nashri orqali iste’molchilarga murojaat qilingan elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar haqidagi muhim xabarni havola etmoqdamiz.

  • 21.11.2019
  • 944
«O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv apparatining ishchi majlisida saylovoldi tashviqotiga doir muhim masalalar ham muhokama etildi

Bugun, 2019-yilning 21-noyabr kuni «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv apparatining ishchi majlisida tashkilot faoliyatiga bog‘liq muhim masalalar, jumladan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining yakuniy bosqichi, joriy ta’mirlash amaliyotlari, investitsion loyihalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ijro intizomi va shunga o‘xshash masalalar muhokamasi doirasida saylovoldi tashviqotiga doir masalalar ham muhokama etildi.

  • 21.11.2019
  • 972
O‘ZBEKISTON SANOAT YARMARKASI VA KOOPERATSIYA BIRJASI O‘Z ISHINI BOSHLADI

Bugun, 18-noyabr kuni «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘z ishini boshladi.

  • 18.11.2019
  • 874
FUQARO MUROJAATI: Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, Dalvarzin mahallasidanman…

...Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, Dalvarzin mahallasidan Tohir Burundukov ismli fuqaroman. Elektr ta’minotida ma’lum cheklovlar bo‘layotganini tushundik, tushunolmaganimiz hududimizdagi o‘chishlarda «adolatsizlik» bo‘lmoqda, hokim va uning o‘rinbosarlari yashaydigan hudud hamda namunali uylar tushgan hududda cheklovlar nisbatan kam, bizning mahallada esa soatlab ta’minotda uzilish bo‘ladi. Biz iste’molchi sifatida pulini to‘layotganimizdan so‘ng elektr ta’minoti shartnomada ko‘rsatilganidek uzluksiz va sifatli bo‘lishi lozim. Tuman hududiy elektr tarmoqlari «Buni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ dispetcherlik xizmatidan o‘chirayapti, bizga bog‘liqmas», degan javob qilishmoqda...

  • 13.11.2019
  • 1448
13-noyabrdan 16-noyabrga qadar respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi

«Navoiy issiqlik elektr stansiyasi»ning 450 MVt quvvatga ega 2-sonli bug‘-gaz qurilmasi (BGQ) yoqilg‘i filtrlarini tozalash va boshqa nosozliklarni bartaraf etish uchun ta’mirga chiqarildi. Ushbu bug‘-gaz qurilmasini pudradchidan qabul qilishdan oldin yakuniy reglament bilan belgilangan ishlar va sinovlar o‘tkaziladi. Sinov jarayoni 16-noyabr kuniga qadar davom etishi kutilmoqda.

  • 13.11.2019
  • 844
CHEKLOVLAR O‘RNATILISHIGA MAJBUR BO‘LINMOQDA! yoxud bugungi kun energiya tejamkorligi madaniyati qay ahvolda?

Ko‘pchilikka ma’lumki, elektr energiyasi ta’minoti — O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi tasarrufidagi deyarli barcha tashkilot va korxonalar faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan murakkab tizim.

  • 11.11.2019
  • 1846
>