2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
«Chimgan challenge– 2025» sport festivali: «O‘zbekiston MET» AJ «sport targ‘ibotchisi» Odiljon Vohidov sportning stritbol musobaqasida (jamoa bilan) faxrli 1-o‘rinni egalladi
  • 24.02.2025
  • 114

Prezidentimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasi, sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga doir bir qator farmon va qaror imzolandi. Davlat rahbarining mamlakatimizning turli hududlariga tashrifi chog‘ida ham xalqimizni ommaviy sportga jalb qilish masalasi doimiy eʼtiborda turadi. Har bir davlat idora-tashkilotida tegishli normativ hujjatlar asosida «sport targ‘ibotchisi» vazifasi yuklangan xodimlar bo‘lib, ular mazkur mehnat jamoasida sport tadbirlarini uyushtirish, turli sport mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishda tashabbuskor hisoblanadi.

2025-yil 21-23-fevral kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida «Chimgan challenge– 2025» tog‘ festivali doirasida o‘tkazilgan vazirlik va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan sport targibotchilari ortasida sportning mini-futbol, voleybol, stritbol shaxmat, shashka va stol tennisi sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «sport targ‘ibotchisi» ham faol ishtirok etdi.

 

 

Tadbir so‘ngida Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov, vazir maslahatchisi Sharifjon Mo‘mindjanov hamda tashkilotchilar tomonidan festival doirasida o‘tkazilgan musobaqalarda faol ishtirok etgan vazirlik va idoralarning g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi.

Natijalar quyidagicha: Mazkur sport tadbirida , «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «sport targ‘ibotchisi» Odil Voxidov, Atom energiyasi agentligi «sport targ‘ibotchisi» Davran Isanbekov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi «sport targ‘ibotchisi» Bexzod Egamov hamda «O‘zenergotaʼminlash» AJ «sport targ‘ibotchisi» Rustamov Azimbek Aziz o‘g‘li stritbol musobaqalarida faxrli 1-o‘rinni egallashdi.

Shuningdek, tog‘ festivali doirasida o‘tkazilgan sportning mini-futbol, voleybol, shaxmat, shashka va stol tennisi musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi.

 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati