2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Jahon banki ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi: Markaziy Osiyo energetiga bozorini yaratish va qo‘shni davlatlar bilan strategik islohotlar bo‘yicha muhokamalar
  • 07.02.2025
  • 104

2025-yil 6-fevral kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati ishtirokida Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida energetika bozorini yaratish bosqichlari va “Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy energetika bozorlarini integratsiya qilish va rivojlantirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida mazkur energetika bozorining tashkil etilishi mintaqadagi davlatlar o‘rtasida elektr energiyasi almashinuvi rivojlanishi va har bir davlat energetika sohasi uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatishi masalalari ko‘rib chiqildi. Jahon banki delegatsiyasi ushbu loyiha doirasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan amalga oshirilgan ishlar borasidagi natijalarni ijobiy baholadi.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarning tegishli tashkilotlari bilan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish bo‘yicha takliflar alohida e’tiborga olinib, muhokama markazida bo‘ldi. Xususan, davlatlararo bog‘lovchi elektr tarmoqlarini qurish va mavjud tarmoqlardan samarali foydalanish bo‘yicha eng maqbul takliflar ko‘rib chiqildi.

 

Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi

 

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati