OAV va jamoatchilik bilan ishlash
BITTA AXBOROTNING TURLI TALQINI: QAY BIRIGA ISHONISH KERAK?
  • 24.07.2020
  • 945

   Bugun, soat 18:36 da “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Axborot xizmati Markaziy dispetcherlik xizmati tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib bayon etilgan ma'lumot — «RASMIY BAYONOT: TA'SIR ETUVCHI BIR NECHTA OMILLAR SABABLI ELEKTR TA'MINOTI TIZIMIGA 0,8–1,0 % MIQDORDA CHEKLOVLAR KIRITILMOQDA» nomli xabar e'lon qilinganidan so‘ng O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan yetakchi internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqning boshqa sahifalarida mazkur bayonotga havola keltirgan holda xabar-ma'lumotlar tarqala boshladi.

   Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/

   Расмий сайтда: http://uzbekistonmet.uz/uz/

   Rasmiy saytda: http://uzbekistonmet.uz/oz/

   Yurtimizda karantin joriy etilgan bir paytda iste'molchilarning to‘g‘ri va xolis axborotga bo‘lgan talabi har qachongidan ortgani rost. Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi, deganlaridek mamlakatimizda mavjud muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar haqida axborot makonida ro‘y-rost, xolisona, ta'bir joiz bo‘lsa, tahlil etilgan holda e'lon qilinishidan barcha birdek manfaatdor. Ammo...

   Biroq xolis yondashuv u yoqda tursin, qonunda belgilab qo‘yilgan talab — axborotni tarqatishda birinchi (asl) manbaga havola ko‘rsatilishi lozimligi talabi ham barcha OAV vakillari tomonidan bajarilayotgani yo‘q. Birinchi manbaning matniga atigi bir dona harf qo‘shmasdan («Bu haqda «O‘zbekiston MET» AJ xabar berdi»dan tashqari) ostiga (muallif imzosiga) o‘z familiyasini tirkab qo‘yadigan jurnalistlar ham topiladi.

   Telegram: https://t.me/qalampir/

   Sayt: https://qalampir.uz/

   Axir rasmiy bayonotda ikki-uchta omillar ta'sirida elektr ta'minotiga 0,8–1,0 foiz miqdorida cheklovlar kiritilishiga majbur bo‘linayotgani, oddiy so‘z bilan aytganda, elektr ta'minoti umumtizimida muvozanat saqlash maqsadida, aniqrog‘i bir necha million iste'molchilarni yirik avariyalar tufayli tarmoqdan uzilishi ro‘y bermasligi (tarmoqdan uzishga majbur bo‘linmasligi) uchun, yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olib, bir necha yuz yoki ming iste'molchi (turli hududlarda cheklov kam-kandan, navbatma-navbat joriy etilishi orqali bajarilishi mavjud texnik qoidalarda belgilab berilgan) tarmoqdan uzilib turilishi mumkinligi haqida ketmoqda-ku!

   «DISPETCHER ELEKTR TA'MINOTINI UZMASA NIMA BO‘LADI?»: http://uzbekistonmet.uz/oz/

   «ПРИЧИНЫ ВОЗНИКНОВЕНИЯ АВАРИЙ В СИСТЕМАХ ЭЛЕКТРОСНАБЖЕНИЯ»: http://uzbekistonmet.uz/ru/

   Agar mantiqan xulosa qilinsa, 98–99 foiz iste'molchilar tarmoqdan uziladi, deyilsagina «SHAMLARNI TAYYORLANG!» deb chaqiriq qilishga asos bo‘lardi. Shundayam asl manbaga tegishli tartibda havola berilib, bir xatboshi hajmida bo‘lsa ham o‘z o‘rganishlarini natijasini qo‘shib...

   Nima, qurol ishlab chiqarish hajmi biroz oshirilmoqda, degani «Urushga tayyorlaning!» deb talqin etilishi kerakmi? Bu narsa qachongacha davom etadi?!

   Jurnalist boshqa OAV vakillari kabi tushunmagan narsalarini so‘rashi, bir narsa yozishdan, axborotni keng auditoriya e'tiboriga havola etishdan oldin masalaning mohiyatini avval o‘zi anglab olishi kerak emasmi?

   Shu va shu kabi savollarga qalampir.uz sayti jurnalistlaridan izoh kutib qolamiz.

   Birinchi manbaga havola e'tiroz qo‘ng‘irog‘idan so‘ng qo‘yildi

   Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq ham bunday holat kuzatilgan, bu haqda izoh berilishi talab etilib raddiya maqolasi chop etilgan edi.

   Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/oz/

   Батафсил: http://uzbekistonmet.uz/uz/

   Подробно: http://uzbekistonmet.uz/ru/

   Avval xabar berganimizdek, mahalliy nashrlarda berilgan noto‘g‘ri xabar (yoki aksincha, xorij nashrida berilgan noto‘g‘ri xabar mahalliy nashrda) masalaga noxolis va noto‘g‘ri yondashuviga sabab bo‘lgan edi.

   Raddiya: http://uzbekistonmet.uz/uz/

   Tuzatish kiritilgan xabar: https://daryo.uz/

   Vaziyatni to‘g‘ri baholab, telefon qo‘ng‘irog‘idan so‘ng sarlavhani o‘zgartirib, uzr so‘ragan tahririyat jurnalistlaridan (daryo.uz) minnatdormiz. Bugungi xabarni ko‘psonli mushtariylar auditoriyasiga yetkazgan elektron axborot nashrlariga, jumladan kun.uz tahririyatiga ham minnatdorlik izhor etamiz!

   O‘zbek tilida kun.uz: https://kun.uz/

   Rus tilida kun.uz: https://kun.uz/ru/

   Telefon qo‘ng‘irog‘idan so‘ng surat va sarlavhani to‘g‘ri tanlaganini bot-bot takrorlab, havolani tahririyat ichki tartib-qoidalariga zid tarzda bo‘lsa ham (!) ko‘rsatib o‘tishi mumkinligini bildirgan tahririyat xodimiga «nomdor sarlavha» topib, o‘zganing matni ostiga o‘z imzosini qo‘yib, noxolis yondashuv davom ettirilaversa, tahririyat tomonidan xolis va to‘g‘ri tarqatiladigan axborotga ham mushtariylar ishonchi yo‘qola boradi, deb e'tiroz bildirishga haqlimiz.

   ESLATMA: elektr ta'minoti umumtizimiga ma'lum miqdordagi cheklovlar kiritilishi bilan turli texnik-muhandislik nosozliklari tufayli yuzaga keladigan: masalan, daraxt shoxlari shamol sababli elektr simiga tegib ketishi, qisqa tutashuv yoki ortiqcha yuklamada ishlashi tufayli transformator qurilmalari qizib yoki yonib ketishi, “elektrshit”dagi turli nosozliklar tufayli qo‘pqavatli uyning bir nechta xonadonida elektr ta'minoti uzilishi, simyog‘ochda paydo bo‘lgan nosozlik tufayli mahallaning ko‘cha va xonadonlarida ma'lum muddat chiroq bo‘lmasligi, mutaxassislar sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish paytida xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtincha elektr tarmog‘idan uzilib turilishi va hokazo holatlarni adashtirib yuborish noto‘g‘ri!

   Sirasini aytganda, elektr ta'minotiga mas'ul tashkilotlarning barchasi iste'molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan muntazam ravishda ta'minlashdan manfaatdor. Elektr ta'minotidagi uzilishlarni bartaraf etish, aniqrog‘i turli holatlarning oldini olish uchun barcha choralar ko‘rilishi texnik-muhandislik tartib-qoidalariga muvofiq tarzda belgilab berilgan.

   MA'LUMOT O‘RNIDA: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ yuqori kuchlanishli elektr energiyasini transportirovka qilish, sohadagi yirik investitsion loyihalarni amalga oshirish, yuqori kuchlanishli havo liniyalari va podstansiyalarga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

   Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish va ularga elektr energiyasini iste'molga yaroqli kuchlanishlarda taqsimlab yetkazib berish hamda xizmat ko‘rsatish turdosh tashkilot — “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga doirasida. O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlari bo‘yicha “Call Centre” qisqa 1154 raqami faoliyat ko‘rsatmoqda, shuningdek Telegram messenjerida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot (veb-sayt: het.uz) kanali ochilgan.

   Hurmatli iste'molchilar, elektr ta'minotida ro‘y berayotgan nosozliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz. Muammolarni bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan bo‘lib, elektr ta'minotidagi cheklovlar tez orada bartaraf etilishi ta'minlanadi.

 

 

Hurmat bilan,

Ulug‘bek Urunov,

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati

boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

Matbuot kotibining ijodiy sahifasi

https://t.me/ulugbekijodnamunalari 

>