Korrupsiyaga qarshi kurashish
“DAVLAT XARIDLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN MA'QULLANDI
  • 08.01.2022
  • 997

Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.  

Mazkur Qonunning maqsadi davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan ochiq va shaffof, samarali va yaxlit tizimni yaratishdan iboratdir.

!! 2019-yilda 729 ta holatda 2 908,1 mlrd. so‘mlik shartnomalarning buyurtmachilar tomonidan berilgan buyurtmalar bo‘yicha tender savdolari o‘tkazilmasdan bitimlar tuzilishiga yo‘l qo‘yilgan.

✅ Bu kabi kamchiliklarga barham berish maqsadida ko‘rib chiqilgan Qonun:

► davlat xaridlariga yo‘naltiriladigan byudjetlari mablag‘lari va boshqa markazlashgan manbalarning maqsadli ishlatish;

► hukumatning kafolatlangan kredit resurslaridan samarali foydalanishni ta'minlash;

► davlat sektorini zarur tovar, ish va xizmatlar bilan ta'minlashda qisqa muddatlarda “narx-sifat” ko‘rsatkichlarini uyg‘unlashtirish;

► korrupsiyaga qarshi kurashishda samarali natijalarga erishish kabi dolzarb masalalar yechimida muhim o‘rin tutadi.

Qonunning hayotga tatbiq etilishi amalda bir-biriga zid bo‘lgan qonunchilik talablariga barham beribgina qolmay, xaridlar shaffofligini ta'minlash bilan birga tadbirkorlik sub'ektlari va aholi uchun ham qulaylik yaratadi.

Qizg‘in muhokamalardan so‘ng mazkur Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma'lumotnomasi


E'tiboringizga «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy uzbekistonmet.uz veb-sahifasida e'lon qilingan  mavzuga oid xabar va maqolalar anonsini taqdim etamiz:

Shavkat Mirziyoyev: «Korrupsiya — iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy to‘siqlardan biri»

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/246

uzbekistonmet.uz: PREZIDENT QARORLARIGA MUVOFIQ DAVLAT XARIDLARI SHAFFOFLIGI TA'MINLANIB, SHARTNOMAVIY KELISHUVLAR SAMARADORLIGI OSHIRILMOQDA

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/465

JAMIYAT FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI — TARAQQIYOT SARI ODIMLASHDAGI ISHONCHLI QADAMLARGA TENG

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/242

«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATIDA «KORRUPSIYA — TARAQQIYOT KUSHANDASI» MAVZUSIDA SEMINAR-TRENINGLAR O‘TKAZILMOQDA

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/568

PREZIDENT QARORLARI IJROSI: uzbekistonmet.uz — Jamiyatning ochiqligi va shaffofligini ta'minlash mexanizmlari yanada takomillashtirilmoqda

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/814

SCADA / EMS / RTU va telekommunikatsiyalar uchun texnik-iqtisodiy asoslar hamda xaridlar hujjatlarini tayyorlash yuzasidan konsalting xizmatlari bo‘yicha xalqaro tanlov savdolarining natijalari

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/560

XALQARO TENDER TANLOVI AMALDAGI QONUNCHILIK TALABLARI VA XALQARO ME'YORLARGA MUVOFIQ O‘TKAZILGAN

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/527

O‘ZBEKISTON SANOAT YARMARKASI VA KOOPERATSIYA BIRJASI O‘Z ISHINI BOSHLADI

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/167


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>