«Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish» investitsiya loyihasi yuzasidan o‘tkazilgan tender savdolari natijalari haqida ma'lumot
Ayni paytida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi «Jahon banki ishtirokida «Magistral tarmoqlarning kichik stansiyalarini zamonaviylashtirish va qayta qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–3284-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston energetika sohasining magistral elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish investitsion loyihalari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda.
Huquqiy asos: https://lex.uz/
Loyiha doirasida rele himoyasi va aloqa uskunalarini xarid qilish bo‘yicha xalqaro tender tanlovi (MUTS/ICB 2016-4) xalqaro tender savdolari shartlariga asosan Jahon banki tomonidan belgilab berilgan tartibga muvofiq amalga oshirilgan.
Jumladan:
Tender hujjatlari hamda baholash mezonlari Jahon banki tomonidan tasdiqlangan.
Shu bilan birga, tender savdolarining ochiqligi va shaffofligini ta'minlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-iyuldagi PQ-3857-sonli «Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, xaridlar tartib-taomillariga rioya etilishini ta'minlash, xaridlar qatnashchilarining takliflarini tartibga solish va xolis baholashda belgilangan mezonlarga muvofiq, loyiha tashabbuskor rahbari loyiha ofisi rahbari bilan kelishilgan holda, xarid tartib-taomillarini amalga oshiruvchi doimiy ishchi organi hisoblanayotgan hamda a'zolar soni toq sondan iborat (kamida 7 nafar) bo‘lishi haqidagi talablari inobatga olinib o‘tkazilgan rele himoyasi va aloqa uskunalarini xarid qilish bo‘yicha xalqaro tender tanlovi (MUTS/ICB 2016-4) Xarid komissiyasi tasdiqlangan.
Huquqiy asos: https://lex.uz/
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Xarid komissiyasi tomonidan ushbu tender savdolarda kelib tushgan takliflarni tartibga solish va xolis baholash uchun maxsus ishchi guruh tuzilib, uning ish faoliyati tegishli tartibda tasdiqlangan.
Shuningdek, mazkur xalqaro tender savdolarning bajarilish tartibi va jarayoni Jahon banki bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan.
Ishchi guruh tomonidan tuzilgan yakuniy baholash xulosasini xarid komissiyasi tomonidan tasdiqlangan va o‘rnatilgan tartibda Jahon bankiga taqdim etilgan.
Jahon bankining (shtab qarorgohi, Vashington) tomonidan har tomonlama baholash xulosalari mukammal o‘rganilib, o‘rganish xulosalariga shartnoma imzolashga ruxsat berildi.
Tender g‘olibi, mavjud tartibga muvofiq «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali keng jamoatchilik e'tiboriga havola etildi:
O‘zb.: http://uzbekistonmet.uz/oz/
Ўзб.: http://uzbekistonmet.uz/uz/
Rus.: http://uzbekistonmet.uz/ru/
Eng.: http://uzbekistonmet.uz/en/
Uyg‘un Irgashev, O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Jahon banki ishtirokida magistral tarmoqlarning kichik stansiyalarini zamonaviylashtirish va qayta qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish guruhi rahbari
Raddiya xatiga asosan kun.uz da e’lon qilingan xabar to‘ldirildi
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy uzbekistonmet.uz veb-saytida joriy yil 25-sentyabr sanasida e'lon qilingan «Rele himoyasi va aloqa uskunalarini sotib olish bo‘yicha xalqaro tender tanlovi natijalari, 4-sonli Paket (2-sonli Lot)» nomli e'longa havola ko‘rsatib, nashr etilgan ««O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» magistral tarmoqlar nimstansiyalari bo‘yicha xalqaro tender natijalarini e'lon qildi» nomli xabar sayt mushtariylari va keng jamoatchilikka noaniq va mavhum bo‘lib qolgan bois ushbu ma'lumot-xabar mazkur raddiya xatiga muvofiq izohli to‘ldirilishi so‘ralib, kun.uz tahririyatiga murojaat etildi. Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy murojaati kun.uz tahririyati tomonidan inobatga olinib, «...va ularning takliflari mavjud shartlardagi texnik talablariga to‘liq javob bermagani (muvofiq emas deb topilgani) bois narx taklifi tegishli tartibda rad etilgan» jumla bilan to‘ldirilib tuzatildi.
Manba: https://kun.uz/
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati