OAV va jamoatchilik bilan ishlash
kun.uz — Eng ko‘p moliyaviy foyda va zarar ko‘rgan davlat ishtirokidagi korxonalar ma’lum qilindi

Eng katta moliyaviy zarar bilan ishlayotgan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” birinchi bo‘ldi, kompaniya 2022-yilni 4,34 trln so‘m zarar bilan yakunlagan. O‘tgan yilda NKMK – 15,4 trln so‘m, OKMK – 6,67 trln so‘m sof foyda ko‘rgan.

  • 09.08.2023
  • 226
Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “F.Y.” XUJMSH va “O.K.” MCHJ mas’ul shaxslari hududdagi 10 ta ko‘p qavatli uyga o‘rnatilgan lift hamda ko‘cha yoritish chiroqlarini hech qanday hujjatlarsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 908,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganliklari aniqlagan.

  • 07.08.2023
  • 124
OAV: «O‘zbekistonda quyosh panellarini o‘rnatish monopoliyaga aylanib qoldimi? Shov-shuvlarga oydinlik kiritildi»

Xorijdan quyosh fotoelektr tizimlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish, mamlakat hududiga olib kirish, xaridorlarga yetkazib hamda o‘rnatib berish, shuningdek, ularga servis xizmatlari ko‘rsatishda ham hyech bir tadbirkorlik sub'ektiga cheklov qo‘yilmagan. Ya'ni aholi vakillari, tadbirkorlar o‘zlari istagan tadbirkorlik sub'ekti bilan shartnoma imzolab, o‘z hududiga quyosh fotoelektr tizimlarini o‘rnatishi mumkin.

  • 07.08.2023
  • 94
OAV: «2023-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘zbek ishchilariga bo‘lgan talab va xorijiy sarmoyalar tufayli o‘smoqda» — Fitch solutions

Hukumat mamlakatda elektr energiyasidan umumiy foydalanish uchun elektr stansiyalariga sarmoya kiritmoqda. O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida beshta yangi GES quriladi va bularning umumiy qiymati yalpi ichki mahsulotning 0,2 foizini tashkil etadi. Iyun oyida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida yalpi ichki mahsulotning 14,9 foizini tashkil etadigan sarmoyaviy va savdo shartnomalari imzolandi.

  • 06.08.2023
  • 65
uza.uz — 6 oyda magistral elektr tarmoqlari orqali 35 milliard kilovatt soat elektr energiyasi uzatildi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2023 yil yanvar-iyun oylarida magistral elektr tarmoqlari orqali 35 milliard kilovatt soat elektr energiyasi uzatilib, reja 101,4 foizga bajarildi. O‘sish sur’ati 2022 yilning mos davriga nisbatan 106,1 foizdir.

  • 04.08.2023
  • 107
2023-yil yanvar-iyun oylarida magistral elektr tarmoqlari orqali 35,0 mlrd kVt.soat elektr energiyasi uzatilgan

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari ishtirokida Ulug‘bek O‘runov ma'lum qildi.

  • 04.08.2023
  • 84
“Oʻzenergoinspeksiya”: Jalaquduq tumanida fuqaro elektr tarmogʻiga noqonuniy ulanishi natijasida tizimga 191,5 mln soʻm zarar yetkazilgani aniqlandi

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda joylarda oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlarida Andijon viloyati, Jalaquduq tumani, “Gʻayrat” MFYda fuqaro Sh.E. tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

  • 03.08.2023
  • 134
OAV: “Mebelchidan “oshpaz”gacha - quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha tenderlarni kimlar yutmoqda?”

Iyul oyida quyosh panellari sotib olish va o‘rnatish bilan bog‘liq yuzlab tender savdolari o‘tkazildi. Ularning ayrimlarida boshqa sohalarga ixtisoslashgan, quyosh paneli o‘rnatish tajribasi bor-yo‘qligi noma’lum firmalar g‘olib deb topilgan. Aynan panellar borasida tajribaga ega kompaniyalar esa ulardan arzonroq narx taklif qilgan bo‘lsa-da, tenderni yuta olmagan.

  • 03.08.2023
  • 64
OAV: “2030-yilga kelib avtobuslarning barchasi elektrobus bo‘ladimi?”

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi loyihasida mamlakat jamoat transportini “elektrobus va elektromobillar” bilan yangilash taklif etilgan. Shuningdek, jamoat transportini ekologik toza yoqilg‘iga o‘tkazish nazarda tutilgan. Hujjatda elektrda harakatlanuvchi transportlarning boshqa turlari keltirilmagan.

  • 03.08.2023
  • 74
OAV: “Iste’mol madaniyatini shakllantirish vaqti kelmadimikan?”

Keyingi kunlarda Qashqadaryo viloyatida ham elektr ta’minotida tez-tez uzilishlar kuzatilmoqda. Albatta ushbu holat keng jamoatchilikning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

  • 03.08.2023
  • 63
OAV: «Energetika vazirligiga so‘rov: yozni ham qishdagi va'dalar bilan o‘tkazamizmi?»

Poytaxtdagi hududlar navbatma-navbat chiroqsiz qolishda davom etmoqda. Buni mas'ullar turli sabablar bilan izohlashmoqda. Lekin biron joyda transformatorlar yangilanayotgani yoki qo‘shimcha o‘rnatilayotgani haqida quvonchli gap-so‘zlar bo‘layotgani yo‘q. Xo‘p, borining quvvatini, ishga yaroqliligini anomal sovuq uchun asrab qo‘yayotgan bo‘lsak, yozda odamlar har qanday holatda chidab yashasa bo‘laveradimi?

  • 03.08.2023
  • 58
uza.uz — Iste’mol madaniyatini shakllantirish vaqti kelmadimikan?

Keyingi kunlarda Qashqadaryo viloyatida ham elektr ta’minotida tez-tez uzilishlar kuzatilmoqda. Albatta ushbu holat keng jamoatchilikning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

  • 03.08.2023
  • 45
het.uz — Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2023-yil 2-avgust soat 00:00dan 3-avgust soat 22:00 gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.

  • 01.08.2023
  • 543
Navoiyda kripto-aktivlari qurilmasini noqonuniy o‘rnatib olgan korxona davlatga 984 mln so‘m zarar yetkazdi

Navoiy viloyatida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan oilaviy korxona aniqlangan. Qo‘lga olingan oilaviy korxona egasi mayning kripto-aktivlari qurilmasini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 984 mln so‘m zarar yetkazgan.

  • 31.07.2023
  • 136
Sirdaryoda qurilayotgan yangi IES uchun yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari O‘zbekiston elektr energetika umumtizimiga ulandi

Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida davlat–xususiy sheriklik tamoyili asosida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1500 MVt bo‘lgan yangi issiqlik stansiyasi qurilish ishlarining birinchi bosqichi yakunlanmoqda.

  • 28.07.2023
  • 118
minenergy.uz — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” va “AzerEnergy” o‘rtasida memorandum imzolandi

Ozarbayjonda safarda bo‘lgan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati “AzerEnergy” OAJning elektr stansiyalari, podstansiyalari, laboratoriya, o‘quv markazi va raqamli boshqaruv markazida bo‘lib, qator uchrashuvlarda ishtirok etdi.

  • 28.07.2023
  • 88
Diqqat, e'lon!!!

«Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filialiga qarashli 220 kV kuchlanishli «Qarshi» podstansiyasida AT-1-220 kV avtotransformator gaz himoyasidan avariyaviy o‘chgani sababli, sozlash-sinash ishlarini olib borish zaruriyati tufayli bugun yarim kechasi, ya'ni 2023 yil 28 iyul sanasi soat 00:00 dan tonggi 06:00 gacha AT-1 transformatorini ta'mirlash ishlari olib boriladi.

  • 27.07.2023
  • 116
Energy Today: AQShda energiya taqchilligi

Biz Angliyada energiya taqchilligi o‘sib borayotgani haqidagi xabarlarga o‘rganib qolganmiz, ammo ajablanarlisi shundaki, Qo‘shma Shtatlardan raqamlar bilan yangiliklar kamroq keladi va bugungi kunda u yerda vaziyat umuman yaxshi emas.

  • 27.07.2023
  • 104
OAV: “SHAMOLGA SOVURILAYOTGAN… SHAMOL”

«Ishonch» gazetasining 2022-yil 12-aprel sonida mutaxassis Yusup Kamalov bilan suhbat («Shamoldan nur»)ni o‘qib, bundan rosa o‘ttiz bir yil muqaddam ayni mavzuda yozganim yodimga tushdi. Uni o‘sha davrda chiqib turgan «Muloqot» jurnali (1991, №4) nimagadir ayovsiz qisqartirib, ikki abzats hajmida chop etgan edi. U zamonda yurtimiz endi mus­taqil bo‘lgan, iqtisodiy qiyinchiliklar avjida edi, shuning uchun ham maqoladagi taklif va mulohazalar deyarli hyech kimning nazariga tushmadi. Ekologiya­­ga ziyon yetkazmagan holda energiya olish eng muhim muammoga aylangan hozirgi payt­­da unga sal-pal qalam ­tekkizgan holda siz, azizlarga ilindim.

  • 27.07.2023
  • 201
Pokiston elektr energiyasi tariflarini 19 foiz oshirdi

Pokiston hukumati mamlakatda 1 kVt·soat elektr energiyasi narxini 5,75 PKRga (kVt·soati 2 AQSH senti) oshirishga ruxsat berdi, bu esa 19 foiz oshganini bildiradi.

  • 25.07.2023
  • 96
>