

"ENERGO-IT" filialida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning nabirasiga yo‘llagan maktubi mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Uchrashuv Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida o‘tkazildi. Unda turli avlod vakillari — yoshlar va tajribali xodimlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar maktubning mazmuni yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirishar ekan, undagi hayotiy saboqlar va nasihatlarning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyatini alohida e’tirof etdilar.
Bunday uchrashuvlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda jamiyatda mehr-oqibat va hurmat muhitini kengaytirishga xizmat qiladi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati