2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Prezident: «...Men millionlab Özbekiston farzandlarining kelajagi haqida ham öylaşim, qayğurişim kerak!»
  • 24.11.2026
  • 13

Barçamizga maʼlum, keça muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning safar çoğida nevarasiga atab yozgan maktubi eʼlon qilingan edi.

Bugun «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati kiçik majlislar zalida Birlaşgan kasaba uyuşmalari qömitasi taşabbusi bilan Yoşlar Ittifoqi boşlanğiç taşkiloti aʼzolari ishtirokida uşbu maktub mazmuni bilan tanişiş tadbiri bölib ötdi.

Ayniqsa, Davlatimiz rahbarining nabirasiga aytgan "Mening öz fikrlarim yurtimizdagi har bir bobo va ota, har bir buvi va onaning öz aziz dilbandlariga atagan yurak sözlaridir. Mening öz nasihatlarim Özbekistonning barça bolalariga bağişlangan ezgu tilaklardir", degan sözlari yoşlarda çuqur taassurot qoldirdi.

✍️ Birlaşgan kasaba uyuşmalari qömitasi 

Facebook ♦ Instagram ♦ Youtube 

«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati