

Elektr energetika obyektlarining texnik holati bilan bir qatorda, ularning tashqi ko‘rinishi, ozodaligi va estetik jihatdan namunali bo‘lishiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 110/35/10 kV kuchlanishli “Nurota” podstansiyasida navbatdagi obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, podstansiyaning 35 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasi (OTQ) hududida joylashgan metall konstruksiyalar va tegishli uskunalarning tashqi ko‘rinishini yaxshilash, ularni tashqi muhit ta’siridan himoyalash hamda hududning ozoda va tartibli holatini ta’minlash maqsadida bo‘yoqlash ishlari bajarildi.
Obodonlashtirish va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari filial tasarrufidagi elektr energetika obyektlarida izchil davom ettirilmoqda.
«NAVOIY MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI