

“Farğona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220 kV kuçlanişli L-UzO yuqori kuçlanişli elektr uzatiş havo liniyasida Elektr uzatiş liniyalari xizmati xodimlari tomonidan maxsus himoya moslamalarini örnatiş işlari amalga oşirildi.
Jumladan, quşlarga qarşi tösiqlar (PPZ) hamda quşlar ta'siri natijasida elektr qurilmalarining ifloslanişi va buning oqibatida qisqa tutaşuv hamda elektr uzatiş liniyalarining avtomatik öçişiga sabab bölişi mumkin bölgan holatlarning oldini olişga möljallangan himoya soyabonlari (zont) örnatildi.
Mazkur tadbirlar elektr uzatiş havo liniyalarida yuzaga kelişi mumkin bölgan nosozliklarning oldini oliş hamda elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlaşga qaratilgan.
«FARĞONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI AXBOROT XIZMATI